Donald Trampning prezidentligi ilohiy hodisami? Ayrim amerikaliklar shunday fikrda

  • Amerika Ovozi

Oq uy, Vashington

2020-yilning 3-noyabrida Amerikada prezidentlikka saylovlar bo’lib o’tadi. “Pew” tadqiqot markazi jamoatchilikning siyosat va e’tiqod yuzasidan fikrlarini o’rganish uchun yaqinda so’rov o’tkazdi.

“Donald Trampning prezidentlikka saylanishida Xudoning xohish-irodasiga ishonasizmi”? degan savolga har uch respondentdan biri “ha” deb javob bergan. So’rovda qatnashganlarning 27 foizi Trampning prezidentlikka saylanishida shak-shubhasiz Xudoning “qo’li” bor, deb aytgan.

“Saylovlarni orqasida aslida yakka xudo turibdi” deb hisoblovchilar orasida boshqa bir fikr ham bor: Trampga prezidendlik nasib etgani bilan, Xudo uning barcha hatti-harakatini, siyosatini ma’qullaydi, degani emas.

Lekin so’rovda qatnashganlarning 49 foizi Tramp prezident ekanining Xudoning hech qanday aloqasi yo’q, deb biladi. 16 foizi esa umuman Xudo mavjud emas, degan fikrda.

2017-yildagi so’rovlarda amerikaliklarning 70 foizi o’zini nasroniy deb hisoblagan. 2 foizda sal oshig’i yahudiy, salkam 1 foizi musulmon va 2,5 foizi boshqa dinda ekanini aytgan. 20 foizi esa hech qanday dinga ishonmasligini aytgan.