Jonli efir: Oq uy oldida norozilik namoyishlarining sakkizinchi kuni. Mamlakat bo'ylab 11 mingga yaqin amerikalik tartibni buzganlikda gumon qilinib, hibsda. Yirik shaharlarda irqchilikka, ijtimoiy-iqtisodiy adolatsizliklarga qarshi chiqishlar to'xtamayapti. Oq uy namoyish qilish uzviy huquq deya tan olsa-da, xavfsizlikka tahdid solganlarga nisbatan kuch ishlatiladi, deya ogohlantirib turibdi. Politsiya, Milliy Gvardiya va qo'shimcha harbiy kuchlar shay holatda. 25-may kuni Minnesota shtatida 46 yoshli qora tanli Jorj Floyd politsiya qo'lida jon bergan. Politsiyachi ikkinchi darajali qotillikda ayblanmoqda. Yana uch politsiyachi ustidan jinoyat ishi ochilgan. Floyd o'limidan keyin boshlangan namoyishlar 30 ga yaqin shtatda kuzatilmoqda. Oxirgi uch kundagi chiqishlar nisbatan tinch va tartibli kechgan.
Jonli efir: Oq uy oldida norozilik namoyishlarining sakkizinchi kuni
Your browser doesn’t support HTML5
Jonli efir: Mamlakat bo'ylab 11 mingga yaqin amerikalik tartibni buzganlikda gumon qilinib, hibsda. Yirik shaharlarda irqchilikka, ijtimoiy-iqtisodiy adolatsizliklarga qarshi chiqishlar to'xtamayapti. Oq uy xavfsizlikka tahdid solganlarga nisbatan kuch ishlatiladi, deya ogohlantirib turibdi.