Shu kunlarda O'zbekiston-Kanada aloqalari faollashgan. O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov Kanada bilan munosabatlarga ham mas'ul. Vahobov sal oldin Ottavada bo'lib muzokaralar o'tkazgan edi. Bu hafta Vashingtondagi elchixona va Kanada parlamenti orasida muloqot kechgan.
Reychel Bendayan, Kanada Qonunchilik palatasining liberal a'zosi hamda Kichik bizneslar, eksport masalalari va xalqaro tijorat vazirligiga parlamentdan turib kotiblik qiluvchi siyosatchiga ko'ra, uning davlati O'zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga kirishini quvvatlaydi va bu borada ko'maklashadi.
Kanada va O'zbekiston orasida iqtisodiy aloqalarni kengaytirish haqida gap ketgan. Kanada respublika bilan qishloq xo'jaligi, konchilik, mashinasozlik va turizm sohalarida yaqindan ishlamoqchi. Parlamentlararo hamkorlik yo'lga qo'yiladi va ikki davlat orasida rasmiy safarlar va almashinuv jadallashishi kutilmoqda.
O'zbekistonda Kanada elchixonasi yo'q. Yaqin kelajakda ochilishi ehtimolini rasmiylar inkor etmaydi.