Turkmanlar Nyu-Yorkda namoyishga chiqdi

Your browser doesn’t support HTML5

16- avgust kuni Nyu-Yorkda bir guruh turkmanistonlik faollar namoyish o’tkazishdi. O’ndan ortiq turkmanistonlik immigrantlar Jahon Savdo Markazi maydonida yig’ilishdi.

11- sentyabr Xotira muzeyi ro’parasida yig’ilgan turkmanistonliklarning namoyishi vatandoshlarini o’z huquqlari uchun faolroq kurashishga da’vatlar bilan boshlandi.

Ularning asosiy chaqiriqlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon Sog’liqni Saqlash tashkilotlari hamda o’z vatandoshlariga qaratilgan edi.

“Bizning bugungi namoyishimizning bosh maqsadi BMT va Xalqaro sog’liqni saqlash tashkilotidan [Turkmanistonda] yana mustaqil testlarni o’tkazish so’rovidan iborat", - deya tushuntirdi namoyish ishtirokchisi, 23 yashar turkmanistonlik Shirin.

Namoyishchilar katta sonda emas, lekin masala va dard buyuk, deydi ular

"Ulardan, xuddi o’tgan safargidek, ayrim uskunalarni ham yetkazishlarini so’rayapmiz. Ya’ni minglab niqoblar va tibbiyot uskunalarni keltirishsin deyapmiz. O’tgan safar keltirilgan jihozlar poytaxt va hududlar o’rtasida teng taqsimlanmaganligi haqida ko’pgina gap-so’zlar chiqqandi. Keljakda keltiriladigan barcha yuzniqoblari va tibbiy ashyolar hududlarga teng taqsimlanishiga e’tibor qaratishlarini istardim. Shuningdek, biz Xalqaro Sog’liqni saqlash missiyasi, ekspertlar guruhi qamoqxonalar va harbiy qismlarni ham ko’zdan kechirishlarini istardik. Turkmanistondagi qamoqxonalarda mahbuslarga oraliqni saqlash uchun ikki metrlik masofasini ta’minlay olmasliklarini inobatga olib ommaviy amnistiya e’lon qilishlarini so’rayapmiz. Ayniqsa siyosiy mahbuslar, diniy, etnik va jinsiy ozchilik vakillari, shuningdek Turkmaniston fuqarolarining huquqlari uchun kurashganlar ozodlikka chiqarilishi kerak”.

Tashkilotchilar shu orqali koronavirus pandemiyasi davrida Turkmanistondagi vujudga kelgan xavotirli vaziyatga jahon hamjamiyatini e’tiborini tortishga intilishmoqda.

Maqsad odamlarni Turkmaniston va u yerdagi vaziyatdan ogoh qilish, deydi namoyishchilar

Namoyishchilar orasida “Belorusiya xalqini qvvatlaymiz!” degan shiorni ko’tarib chiqqanlar ham bo’ldi.

AQShdagi turkmanistonliklarning navbatdagi norozilik namoyishini shu kuni Boshqirdlar jamiyati vakillari ham qo’llashdi.

"Shuningdek biz bugun bu yerga shunchaki odamgarchilik yuzasidanTurkmanistonni ana shu og’ir damlarda qo’llab quvvatlashuchun ham chiqdik. Turkmaniston hozir og’ir gumanitar, oziq-ovqat, moliyaviy inqirozga yuz tutgan", - deydi turkmanlardan biri.

Namoyishchilar shu kuni BMT bosh qarorgohi ro’parasida ham to’plandilar. Bu yerda turkmaniston faollarining namoyishiga Rossiya, Bolgariya va boshqa qator davlatlar vakillari qo’shilishdi. Turkmanisonlik faollar yonida turib ularni quvvatlashdi.