O’tgan 20 yil mobaynida bilim olib, sevgan sohasida ishlab, farzand tarbiyalab, yurti chun jonbozlik ko’rsatgan minglab afg’onistonliklar bugun ishsiz, imkoniyatsiz. Uyida tiqilib qolgani yetmagandek, bankdagi mablag’ini ham ololmay sarson. Afg’on moliya tizimi dunyodan uzilgan. Afg’onistonga kapital oqimi qirqilgan. Yangi hukumat, mutaassibligi bilan tanilgan Tolibon biz uchun qo’rqinch va tahdid demakdir, deydi ‘Amerika Ovozi” bilan gaplashgan mana bu fuqarolar. Keta olganlar, ketdi va ketmoqda. Qolganlar azobda. Yuzlab o’zbek ziyolilar va boshqa turkey xalqlarning vakillari chorasiz holatda. Ishxonalar yopilgan yoki ayollar endi ularga qo’yilmaydi. Salohiyatli insonlar hayot uchun kurashga tayyor, ammo qayerda va qanday qilib? Madad so’rashmoqda, madad kutishmoqda.
O’tgan uch oy mobaynida o’nlab ming afg’onlar vatandan bosh olib ketdi. BMT Qochqinlar agentligi taxminicha bu yil oxirigacha kamida yarim million afg’onistonlik xorijga yo’l olishi mumkin. Tolibon ularni to’xtatishga qanchalik harakat qilmasin, bu insonlar o’z yurtida yashashdan qo’rqadi. Qurolli mojarolardan to’yib ketishgan, qolaversa beqarorlikda oila bo’qib bo’ladimi? Inson qadri, hayotning bahosi yanayam tushib ketgan, deydi ular. Lekin umid so’nmagan. Yordam kutishmoqda, sizdan va dunyodan.