O’zbekiston janubidamiz. Kuzning so’nggi kunlari, qish nafasi sezilmoqda. Yoz, umuman bu yil, qo’shni Afg’oniston uchun o’tgan yillarga qaraganda og’ir kechdi. Hukumat o’zgardi, shundoq ham murakkab iqtisodiy ahvol yanayam orqaga ketdi.
Afg’onistonda ocharchilik avj olgan, gumanitar inqiroz boshlangan, deya ogohlantirmoqda ichkaridagi manbalar. O’zbekiston rahbariyati u yerda hukmron Tolibon bilan muloqotda va xalqaro hamjamiyatni qo’shni mamlakatga yordam berishga undamoqda.
Chegara biznes va yordam uchun ochiq. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, donor davlatlar yordam ko’rsatmoqchi bo’lsa, O’zbekiston o’z infratuzilmasini bunga tayyorlab qo’ygan, deydi rasmiylar. Shu tariqa Toshkent mintaqaviy tijorat va iqtisodiy hamkorlik ham rivojlanadi degan umidda.
Termiz xalqaro aeroporti odamlar bilan ham, samolyotlar bilan ham gavjum emas. O’zbekiston havo yo’llariga tegishli vositalardan boshqasini ko’rmadik, na fuqaroviy va harbiy. Ammo xorijiy samolyotlar vaqti-vaqti bilan kelib turibdi.
Afg’oniston bilan qariyb 150 kilometrlik chegara O’zbekiston uchun boshqa qo’shnilar bilan qiyoslaganda eng qisqasi. Amudaryo ustidan o’tgan ko’prik ikki davlatni bog’laydi. Afg’oniston yakkalangan ekan, bu darvozaning strategik ahamiyati oshgan.
Mutasaddilarga ko’ra, chegara postidan har kuni 100-150 odam o’tadi. Biznes maqsadlarga kelayotganlar qisqa muddatga kiritiladi. Qolganlar uchun O'zbekiston yopiq.
Termizda kuniga 50 yuk mashinasini qabul qiladigan kargo markazi ishlab turibdi. Insonparvarlik ko’magi favqulodda tarzda o’tkaziladi. Termiz aerportiga yetib kelgan mahsulotlar bu markaz orqali Afg’onistondagi manzilga temiryo’l yoki yuk mashinasida yetkaziladi.
Logistik inshoot bir paytning o'zida 17 ming tonna yuk bilan ishlashga qodir, deydi Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov.
Termiz kargo markazi yonida “Karvonsaroy” joylashgan. Aynan eksport-import yo’nalishida ishlayotganlar uchun ochilgan inshoot. “Amerika Ovozi” unga yaqindan nazar tashladi. Termiz kargo markazi bilan yaqindan tanishdik. Bojxona xodimlari va yukni qabul qilish, saqlash va jo’natish jarayoni bilan mashg’ul insonlar bilan gaplashdik.
Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida savdoni oshirish kerak deya bong urayotgan hukumatlar mana shunday inshootlar zaruratini muhokama qilmoqda. Logistika, transport va kommunikatsiya tizimlarini kengaytirish va rivojlantirish lozim.