Vashingtonda Afg'oniston yana terror o'chog'iga aylanishi mumkin degan xavotir hukmron, ammo mudofaa va razvedka tizimlari nazarida "Islomiy davlat" va "al-Qoida" hozircha u yerdan G'arblar xurujlar qilish imkoniyatiga ega emas.
Markaziy qo'mondonlik, Mudofaa vazirligi razvedkasi va boshqa organlar hissa qo'shgan hisobotda ayni damda bu guruhlardan tahdid darajasi past deb baholanadi.
O'tgan yilning oktabr oyida Pentagon "Islomiy davlat" Xuroson bo'limi bir necha oy ichida Amerikaga qarshi hujumlarni boshlashi mumkin deya taxmin qilgan edi. O'sha paytda "al-Qoida" ham astalik bilan qayta oyoqqa turayotgani kuzatilgan.
"Al-Qoida" va "Islomiy davlat" Xuroson tashqarida xurujlar qilishni istaydi", - deydi Kolin Kal, Mudofaa vaziri muovini, Senatda gapirar ekan.
Qurolli kuchlar bo'yicha qo'mita tinglovida rasmiylarning ta'kidlashicha, har ikki to'da kuchayish ilinjida, ammo hozircha ishki muammolari bilan band.
"Islomiy davlat" Xuroson Afg'onistonda birlashishga urinmoqda, deydi ular.
Bu guruh mamlakatda harakatda ekani Tolibon vaziyatni boshqara olmayoganidan dalolat, deyiladi hisobotda, va bu holat afg'on boshqaruviga nisbatan ishonchni pasaytiradi.
"Islomiy davlat" Xuroson noyabr oyida Kobulda qonli hujum qilib, 25 kishini o'ldirgan.
Ekspertlar kuzatishicha, to'da hozirda toliblardan norozi odamlar orasidan yangi jangarilar va yordamchilar izlamoqda.
Qo'shma hisobotga ko'ra, bu jangarilar Markaziy va Janubiy Osiyodagi hamkorlari bilan aloqada va shu tariqa bu davlatlar tinchligi va Amerika manfaatlariga raxna soladi.
Amerika chiqib ketganidan beri "Islomiy davlat" Xuroson jangarilari 4 mingga yaqinlashgani, uning asosi Afg'oniston sharqida ekaniga urg'u beriladi.
Buni ham ko'ring Kurdlar: "Islomiy davlat" jonlanish taraddudida"Al-Qoida" ham o'tgan oylarda astalik bilan oyoqqa tura boshlagani, Afg'oniston bo'ylab tarafdorlar qidirayotgani, Kobuldagi rahbarlar orasida bu tashkilotni xushlaydiganlar ko'p ekani ham AQSh hisobotidan o'rin olgan.
Biroq bu hujjatga ko'ra, Tolibon hozircha "al-Qoida"ni nazorat ostida saqlamoqda.
“Tolibon "al-Qoida" a'zolarini "muvaqqat hukumat" safiga olmagan va bu guruhning AQShga qarshi hujum qilishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qiladi. Tolibon xalqaro miqyosda tan olinishni xohlaydi", - deyiladi hisobotda.
Shu bilan birga Tolibon "al-Qoida" bilan aloqalarni uzmagan, deydi rasmiylar.
“Tolibon "al-Qoida" elementlarini haydayotgani yo'q".
BMT taxminicha ham "al-Qoida"ning qator liderlari Afg'onistonda, xususan uning rahbari Ayman al-Zavohiriy.
"Al-Qoida" Afg'onston va Pokistonda 400 ga yaqin jangariga ega ekani, ularning bir qismi Tolibon safida ekani taxmin qilinadi