Afg’oniston to’liq Tolibon hukumati nazoratida, ammo aholini oziq-ovqat bilan, asosan, xalqaro nodavlat tashkilotlar ta’minlamoqda.
Bu yil BMT Afgʻonistonda gumanitar va muhim xizmatlar uchun 4,4 milliard dollar sarflashni maqsad qilgan. Bu hukumatning bir yillik barcha xarajatlaridan bir necha barobar kattadir.
Tolibon hukumati yilning birinchi choragi uchun taxminan 520 million dollarlik byudjetga ega edi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 150 ga yaqin nohukumat tashkilotlari bilan birgalikda 22 million afg‘onga muhim gumanitar yordam ko’rsatmoqda. Bu esa Afg‘oniston taxminiy aholisining 70 foizini tashkil qiladi.
Shuningdek, inson huquqlari, fuqarolik jamiyati va boshqa nogumanitar dasturlar uchun mablag'lar mavjud bo'lib, ular faqat nodavlat tashkilotlar orqali yo'naltiriladi.
Masalan, Xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasi 10 000 ga yaqin sog'liqni saqlash xodimlarining ish haqini to'layapti. Qo’mita matbuot kotibining “Amerika Ovozi”ga aytishicha, tashkilot buni “sogʻliqni saqlash tizimi butunlay qulab tushishining oldini olish” uchun qiladi.
Mamlakat ta’lim tizimining ishlab turish uchun BMT Bolalar agentligi 194 mingga yaqin erkak va ayol davlat maktablari o‘qituvchilariga ikki oy davomida taxminan 100 dollar miqdorida oylik stipendiya to‘lashini ma’lum qilgan.
Buni ham ko'ring BMT Bosh kotibi: Afg'onistonda vaziyat qil ustidaAfg‘oniston moliyaviy inqirozni boshdan kechirar ekan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2-mart kuni Xavfsizlik Kengashida “iqtisodga likvidlikni kiritish, jumladan, naqd pulni jismoniy import qilish uchun barcha mumkin bo‘lgan choralar ko‘rilganini” e’lon qildi.
Hukumatga nisbatan xalqaro sanksiyalar mavjudligi bois BMT agentliklari va nohukumat tashkilotlarning yordam dasturlari Tolibon ishtirokisiz mamlakatga olib kiriilmoqda.
Yordam agentliklari 2010-yilda Gaitidagi halokatli zilziladan so‘ng insonparvarlik yordamini yetkazish uchun mahalliy hukumatni chetlab o‘tganida, ba’zi ekspertlar donorlar mamlakatni nodavlat notijorat tashkilotlar respublikasiga aylantirganini aytgan edi.
“Afg’oniston 30-40 yildan beri “nodavlat notijorat tashkilotlar respublikasi” bo’lib kelgan”, - deydi ekspert Rahmatulla Amiriy “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.
Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan beri xalqaro yordam tizimi yanada bir tomonlama bo'lib qoldi, deya qo'shimcha qiladi Amiriy.
Muqobil variantlar yo'q
So'nggi yigirma yil ichida donorlar Afg'onistonda davlat institutlarini qurish uchun milliardlab dollar sarfladi. Birgina AQSh 2002-2021-yillarda Afg‘onistonni boshqarish va rivojlantirish uchun 36,14 milliard dollar ishlatgan.
AQShning Afg'onistonni qayta qurish bo'yicha maxsus bosh inspektoriga ko'ra, Tolibondan avvalgi Kobul hukumati xarajatlarining qariyb 75 foizi xorijiy donorlar tomonidan ta'minlangan.
Buni ham ko'ring AQSh Afg'oniston xalqi uchun 308 million dollar yordam ajratdi20 yil ichida Afg'onistonda paydo bo’lgan yangi davlat institutlari o'tgan yili Tolibon hukumatga kelishi ortidan barbod bo’ldi va xorijiy donorlar barcha yordam dasturlarini to’xtatdi.
Davlat institutlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach, mamlakat dahshatli iqtisodiy va gumanitar inqirozga yuz tutdi hamda millionlab afg'onlar ocharchilik xavfi bilan yo’liqdi.
Tolibon hukumati ham, donorlar ham Afg‘onistondagi xalqaro yordam dasturlarining ijrosini bevosita nazorat qilmaydi. Bu esa yordam uchun ajratilgan mablag’larning qanchalik samarali ishlatilayotgani yuzasidan savollarni o’rtaga chiqarmoqda.
"Biz bilamizki, BMT agentliklari katta xarajatlarga ega va ularning o‘z to‘lovlari bor", - deydi Jon Xopkins universiteti qoshidagi Blumberg jamoat salomatligi maktabi tadqiqotchisi Nadiya Aksir "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.
Tolibon majburiyatlari
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturiga ko'ra, Janubiy Osiyodagi eng qashshoq mamlakat bo'lgan Afg'onistonda 2022-yil yalpi ichki mahsuloti taxminan 30 foizga qisqaradi. Kishi boshiga to’g’ri keladigan yillik daromad esa 350 dollargacha tushadi.
"Biz qashshoqlik va ijtimoiy tanazzulning bunday miqyosdagi ta'sirini hech qachon ko'rmaganmiz. U yanada kuchayib bormoqda”, - deydi Xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasi matbuot kotibi Anita Dallard.
Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni yumshatish uchun zarur bo‘lgan 4,4 milliard dollarni yig‘ish maqsadida shu hafta xorijiy donorlar BMT va Buyuk Britaniyaning qo‘shma yig‘ilishida ishtirok etadi.
Tolibon hukumati Afg‘onistondagi inqirozni yumshatish uchun nima qilmoqda?
Tolibon vaziri Muhammad Hasan Oxundning so‘zlariga ko‘ra, ochlik musibati “Xudoning sinovi”dir. Noyabr oyida boʻlib oʻtgan Vazirlar Mahkamasi yigʻilishida soʻzga chiqqan Oxund “Tolibon” och ommani boqishga masʼul emasligini va odamlar rizq uchun Xudoga murojaat qilishlari kerakligini aytdi.
Your browser doesn’t support HTML5
Tolibon bosh vaziri Muhammad Hasan Oxundning so‘zlariga ko‘ra, ochlik musibati “Xudoning sinovi”dir. Noyabr oyida boʻlib oʻtgan Vazirlar Mahkamasining yigʻilishida soʻzga chiqqan Oxund “Tolibon” och ommani toʻygʻazishga masʼul emasligini va odamlar rizq uchun Xudoga murojaat qilishlari kerakligini aytdi.
Tolibon yetakchilari o’z hukumatlarining qonuniyligi xalqdan kelganini da’vo qiladi. Biroq ular hech qachon saylov o‘tkazmagan; aksincha, Afg‘onistonning saylov organlarini bekor qilgan.
Tolibon hukumati hech bir davlat rasman tan olmagan o'z hukumatini xalqaro miqyosda e’tirof etilishini talab qilmoqda. Ayni paytda ular ayollarga kengroq huquqlar berishga oid xalqaro chaqiriqlarni rad etmoqda.
Hozirgi vaziyat barqaror emas, chunki donorlar Afg'onistonga cheksiz muddat yordam bera olmaydi; ayniqsa mezbon hukumat hech qanday javobgarlikni o'z zimmasiga olmasa, deydi ekspertlar.