Markaziy Osiyoda geosiyosiy siljishlar bashorat qilinmoqda. Bu Turkmaniston bilan bog’liq.
Yaqinda Rossiya rahbari Vladimir Putindan “Do’stlik” ordenini qabul qilgan Prezident Sardor Berdimuhamedov Turkmanistonni neytrallik maqomidan olib chiqishi, Rossiyaning mintaqadagi asosiy bayroqdoriga aylanishi mumkin degan qarashlar mavjud.
Bu turkman faollari tomonidan bildirilayotgan taxminlar.
Your browser doesn’t support HTML5
Turkmaniston - O’zbekiston uchun mintaqadagi asosiy ittifoqchi. Har holda Sardor Berdimuhamedovning O’zbekistonga tashrifi davomida ikki davlat o’rtasidagi strategik sheriklik yanada chuqurlashishi, hamkorlik ufqidagi yangi bosqich haqida bayonotlar qilinmoqda.
O’zbekiston uchun Turkmaniston asosiy ittifoqchi. Rasmiy manbalar bunga Prezident Shavkat Mirziyoyev ilk xorij tashrifini Turkmanistondan boshlaganini misol qilib keltirishadi. Ammo Turkmaniston tomoniga qiyoslansa, vaziyat bir qadar boshqacha.
Buni ham ko'ring O’zbekiston-Turkmaniston: Yangi prezidentlar, eski muammolarMart oyida prezidentlikka kelgan Sardor Berdimuhamedov Rossiya va Eronga qilgan safarlari ortidan O’zbekistonga keldi. Bular aslida shunchaki tashqi faktorlar. Aloqalar silsilasini erishilgan bitimlar belgilaydi.
Berdimuhamedovning O’zbekistonga tashrifi biror yangilik bilan kuzatilmadi, agar uning Rossiyaga tashrifi, strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga doir deklaratsiya imzolashi, Putin tomonidan “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlanishi inobatga olinsa.
Turkman muxolifati faollari shunga diqqat qaratmoqda, ya’ni prezidentlikka kelganiga uch oy bo’lgan kichik Berdimuhamedovning qanday xizmati evaziga taqdirlanganiga.
Mulohazalarga ko’ra, yosh prezident yetakchiligidagi Turkmaniston siyosiy jarayonlarga bir qadar faol aralasha boshlashi mumkin, xususan Rossiya ittifoqchilarga o’ta muhtoj turgan bir vaziyatda.
Turkman muxolifatchisi, yozuvchi Ak Velsaparga ko’ra, o’z boshqaruvini Vladimir Putindan nasihatlar olish bilan boshlagan Berdimuhamedov O’zbekistonni ham shu doiraga tortishga uringani ehtimolga yaqin.
Turkmaniston Rossiya uchun yangi transport koridoriga aylanmoqda, Eronga, Fors ko’rfaziga chiqish uchun.
“Berdimuhamedov qanday xizmati evaziga “Do’stlik” ordeni bilan siylangani hamma uchun jumboq. Xullas, keyingi voqealar rivoji Putin Turkmanistondan qanday foydalanishiga bog’liq. Agar neytrallik kerak emas, KXShTga [Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga] qo’shil desa, Sardor bunga ortiqcha qarshilik ko’rsatmaydi. Sanksiyalar ostidagi Rossiya uchun hozir Turkmanistonning neytrallik maqomi muhimdek. Turkmaniston prezidenti bu maqomda pochtachi vazifasini o’tab, Kreml siyosatini boshqalarga yetkazishi mumkin. Ayniqsa uning Eronga qilgan safarida bu narsa yaxshi ko’rinadi. U yerda Turkmaniston emas, Eron va Rossiya masalasi ko’proq muhokama qilingan. Chunki Turkmaniston Rossiya uchun yangi transport koridoriga aylanmoqda, Eronga, Fors ko’rfaziga chiqish uchun. Mening nazarimda, Berdimuhamedovning Rossiyadagi muzokaralari ortidan Eronga qilgan safari, mana endi O’zbekistondagi muzokaralarida ham sanksiyalardan chiqish yo’llarini qidirayotgani, iqtisodiyoti bloklangan Rossiyaga ko’mak ko’rsatish masalasi muhokama qilingani ehtimolga juda yaqin”, - deydi Velsapar.