"Apple" kompaniyasi "iPhone", "iPad" va "Mac" mahsulotlari xavfsiz emasligini e'tirof etib, xaridor va mijozlarini hujumchilar bu vositalarini mutlaq nazoratga olishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
"Apple" bu borada 17-avgust kuni ikkita hisobot chiqardi. Materiallar texnologiya olamida muhokamada, ammo katta bahs-munozara uyg'otmagan.
Kaliforniya shtatining Kupertino shahrida asoslangan kompaniyaning tan olishicha, xakerlar ayfonlar, kompyuterlar va boshqa gadjetlarning egasiga aylanib olish ehtimoli mavjud.
"Vosita egasi o'zi sezmagan holda boshqa bir tomonga kontrolni boy berishi mumkin", - deydi hisobotni tahlil qilgan Rechel Tobak, "SocialProof" texnologik xavfsizlik firmasi rahbari.
Ekspertlar "Apple" mahsulotlaridan foydalanuvchilarga har bir vositani eng yangi tizimlarda yuritishni tavsiya qiladi. Modelga qarab, eng eskilaridan eng oxirgisigacha, moslamalarni vaqtida yuklash va ta'mirdan o'tkazib turish lozim.
"Apple" bu zaifliklikar qachon va kim tomonidan aniqlangani haqida biror ma'lumot bermagan. Tadqiqotchilarning ism-shariflarini ham oshkor etmagan.
Isroildagi "NSO Group" texnologiyaning mana shunday salbiy jihatlaridan foydalangan holda ularga xuruj qilishi va ma'lumotlarni o'g'irilashi bilan tanilgan.
"NSO Group" AQSh hukumati qora ro'yxatida. Biroq bu kompaniya yaratgan "josuslik programmalari" orqali Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika va Lotin Amerikasida jurnalistlar, muxolifatchilar va inson huquqlari faollarining vositalariga xurujlar qilgani ma'lum.
Tadqiqotchi Uill Strafak odamlarni vahimaga berilmaslikka undaydi. "Apple" o'z zaifliklarini oldin ham bildirgan.
Kompaniya hisobotlari, Strafak tahlilicha, biror mahsulotni yaroqsiz yoki ishonchsiz deb tasvirlamaydi. Mijozlar vositalar mutlaq xavfsiz emasligii oldindan bilishi kerak.