Bu oy Qoraqalpog'istonda 38 mahbus ozod etildi

  • Amerika Ovozi

Nukus: Shu paytgacha 100 dan ortiq mahbus qilmishiga pushaymon ekaniga tizimni ishontira olib, ayblovlardan qutuldi

Qoraqalpog'istonda 1-2 iyul voqealari paytida hibsga olinganlardan yana 38 nafari afv etilib, joriy oyda ozodlikka chiqdi.

Konstitutsion o'zgarishlarga qarshi chiqishlarda 21 kishi halok bo'lgan, 240 dan oshiq odam jarohatlangan edi.

Toshkent bu voqealar ketidan bosh qomusning Qoraqalpog'iston bilan bog'liq moddalariga tegmaslikka qaror qildi. Hudud bir necha hafta favqulodda holat ostida yashadi.

Hozirga kelib, Qoraqalpog'iston rahbariyati yangilangan va bu rasmiylarga ko'ra, respublika tinch va tartibsizliklar yana avj olishi mumkin degan xavotirga o'rin yo'q.

Tartibsizliklarda va zo'ravonliklarda gumon qilinib, panjara ortida qolayotganlar soni hozir 100 nafar atrofida.

Shu paytgacha 100 dan ortiq mahbus qilmishiga pushaymon ekaniga tizimni ishontira olib, ayblovlardan qutuldi.

Qoraqalpog'istonda 1-2 iyul kunlari yuz bergan tartibsizliklarda gumon qilinib, panjara ortida qolayotganlar taxminan 100 nafar

Nukusdagi qonli kunlar yuzasidan tekshiruv olib borayotgan parlament komissiyasi bu qarorlar Qoraqalpog'iston parlamenti, Joʻqorgʻi Kenges tomonidan ma'qullanganini bildiradi.

Komissiya a'zosi Alisher Qodirov 14-oktabr kuni Telegramda shunday yozdi:

"Chiqarilayotganlar aybsiz emas. Aybiga iqrorligi, aybining kamzararligi va tergovga yaqindan yordam berganligi uchun ularga nisbatan bunday qaror qabul qilindi. Tartibsizliklarni tashkillashtirgan va faol ishtirok etganlarga nisbatan qonunda belgilangan jazo qoʻllanilishiga shubha boʻlmasligi kerak".

Buni ham ko'ring Qoraqalpog'istonda favqulodda holat nihoyasiga yetdi