Shu yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog’istonda yuz bergan qonli g'alayonlarga aloqadorlikda ayblangan kishilardan 22 nafari ustidan Buxoroda sud jarayoni avjida. Eng ko’zga ko’ringan mahbuslar - Dauletmurat Tajimuratov va Lolagul Kallixanova. Har ikkisi jurnalistika va blogerlik bilan shug’ullangan, shuningdek, siyosiy faollar bo’lgan. Sudni yaqindan kuzatayotgan huquq himoyachisi, sobiq siyosiy mahkum, shuningdek, Oliy Majlisning Nukus voqealari bo’yicha maxsus komissiyasi a’zosi A’zam Farmonov bilan qator masalalarni muhokama qildik.
0:00 Dauletmurat Tajimuratov sudda o’zini qanday tutmoqda?
3:30 Tergov paytidagi va suddagi Tajimuratov orasida farq bormi?
8:06 Dauletmurat Tajimuratov va Lolagul Kallixanovaga siyosiy mahbus sifatida qarasak, ularning Karimov davridagi siyosiy mahbuslardan farqi nimada?
10:44 Dauletmurat Tajimuratov va Lolagul Kallixanova erkin so’zi va fikri uchun sudlanmayaptimi?
14:24 O’zbekiston hukumati va xorijdagi qoraqalpoqlar orasida katta jarlik
19:28 Chetdagi qoraqalpoqlar olg’a surayotgan fikrlar va talablar.
24:05 Qoraqalpog’istondagi namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatilgan degan da’volarga hukumat javob bermayapti. Komissiya ham jim. Haqiqat? 26:00 “Human Rights Watch” inson huquqlari tashkiloti vakillari bilan uchrashuv 28:37 Foto va videolar ishonchli dalilmi?
31:17 1-2 iyul voqealarida qon to’kilganida ayblanib, xavfsizlik kuchlari xodimlari ham sudlanadimi?