13-dekabr kuni AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha muovini va O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligida ikki mamlakat rasmiylari yillik muloqot olib bordi. Tomonlar, "Amerika Ovozi"ga bildirishicha, Strategik sheriklik dialogi deb nomlangan yig'indan mamnun.
Davlat kotibi muovini Lu deydiki, AQSh O'zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini azaldan quvvatlab kelgan va bu pozitsiya asl o'zgarmaydi.
Amerika O'zbekiston bilan o'zaro hamda Markaziy Osiyoning besh respublikasi va AQShni o'z ichiga olgan C5+1 diplomatik formatida aloqa qilib, mintaqa farovonligi va tinchligiga hissa qo'shishni xohlaydi, deya bildiradi Bayden ma'muriyati.
Buni ham ko'ring Blinken, Norov Vashingtonda uchrashdiVashington Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yildan beri olg'a surib kelayotga islohotlarni olqishlashda davom etadi va ularning tezlashishini istaydi.
Amerika O'zbekistonda islohotlar tezlashishi uchun amaliy yordam ko'rsatishga tayyorligini bayon etgan.
Yillik dialogda xavfsizlik va siyosiy hamkorlikdan tortib inson huquqlari va madaniy-ilmiy rishtalargacha, jumladan oradagi muammo va ziddiyatlar ham kun tartibida bo'lgan.
AQSh iqtisodiy, ta'limiy va siyosiy islohotlarda ko'maklashishga hozirligini qayd etib, o'z takliflarini bergan. Mirziyoyev ma'muriyati vakillari ularni Vashingtonga qator takliflar bilan kelgan.
O'zbekiston savdo, sarmoya va biznes tashabbuslarga urg'u bergan. Amerika tomon ham bu borada o'z tavsiyalari bilan o'rtoqlashgan. Investitsiya oqimi oshishi uchun zarur qadamlar xususida fikr almashilgan.
Buni ham ko'ring AQSh, O'zbekiston bosh diplomatlari Vashingtonda muloqot qildiMatbuot erkinligi va fuqaro jamiyati bilan bog'liq masalalar alohida muhokama qilingan. Amerika O'zbekistonda blogerlar va jurnalistlar himoyasi ta'minlanishiga chaqirgan.
Afg'onistondagi vaziyat, Tolibonga nisbatan siyosat va bu yurtga insonparvarlik yordami berish to'g'risida ham hukumatlar o'z yondashuvlarini bir-biriga tushuntirgan. Toshkent, ma'lumki, Kobul bilan muloqotda va Vashingtonni Afg'onistonni yakkalamaslikka undab keladi. Bayden ma'muriyati esa Tolibon inson huquqlarini qo'pol ravishda buzib, inklyuziv hukumat tuzish yo'lidan bormas ekan, AQSh pozitsiyasi keskin bo'lishini ta'kidlab keladi.
Buni ham ko'ring O'zbekiston-AQSh: Harbiy hamkorlik kengayaveradiChegara xavfsizligi va harbiy aloqalar, terrorizm va qoradori savdosiga qarshi kurash ham ko'rib chiqilgan. AQSh mintaqa tinchligini asrash uchun O'zbekiston bilan yaqinda ishlayveradi, deydi rasmiylar.
Regional tijorat, jahon bozoriga yangi yo'llar ochish, shuningdek, iqlimdagi salbiy o'zgarishlar, oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy islohotlar va xotin-qizlar rolini oshirish kabi masalalar ham kun tartibida bo'lgan.
Ta'lim va sog'liqni saqlash borasida ham yangi loyihalar tanishtirish hamda mavjud dasturlarni kengaytirishga kelishib olingan.
AQSh Tinchlik korpusi O'zbekistonga qaytish umidida. Amerikalik ko'ngilli mutaxassislar o'z sohalarida dunyo bo'ylab ko'maklashishini ta'minlovchi bu tashkilot uzoq yillardan beri respublikada ishlamaydi. AQSh rasmiylariga ko'ra, Toshkent unga yana ochilishi mumkinligi ishora qilmoqda.