Finlyandiya, Norvegiya, Daniya va Islandiya jurnalistlari kasaba uyushmalari seshanba kuni “korrupsion faoliyat” tufayli Jurnalistlar Xalqaro federatsiyasini tark etishga qaror qilganini e’lon qildi. Ularga ko’ra, jurnalistlarning global uyushmasi Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarining Ukrainadagi jurnalistlariga a’zo sifatida qolishga ruxsat bergani qabul qilib bo’lmas holatdir.
146 mamlakatdan 600 000 jurnalistni birlashtirgan Jurnalistlar Xalqaro federatsiyasi (IFJ) bu ayblovlarni “yolgʻon, tuhmat va zararli” deb atadi.
Skandinaviya davlatlari jurnalistlari xalqaro federatsiyani uzoq vaqtdan beri nodemokratik amaliyotlarga yo’l qo’yishda, shubhali moliya manbalariga ega bo’lishda hamda Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari vakillariga a'zo bo'lishni davom ettirishga ruxsat berishda ayblab keladi.
"Biz buni korrupsion faoliyat deb ataymiz", - dedi Finlyandiyadagi Jurnalistlar uyushmasi raisi Xanne Axo to'rtta davlat kasaba uyushmalari federatsiyani tark etishga qaror qilganini e’lon qilib.
Norvegiya Jurnalistlar uyushmasi rahbari Dag Idar Triggestadning aytishicha, kasaba uyushmalari IFJ saylovlarida demokratik qoidalarni, shuningdek, qarorlar va xarajatlarning shaffofligini joriy etish uchun yillar davomida kurashgan.
Buni ham ko'ring AQSh “Amerika Ovozi” muxbirining tazyiqqa uchraganini qoraladiAxo va Triggestadning aytishicha, ularning qarori Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlarida mintaqaviy jurnalistlar uyushmalarini tashkil etgan Rossiya Jurnalistlar uyushmasiga qarshi chora ko'rilmagani bilan bog'liq.
"Ular Rossiyani federatsiyadan chiqarib yubormasdan turib, bu ishlarning hammasini hech qanday gap-so’zsiz amalga oshirdi", - dedi Axo.
IFJ ijroiya qo'mitasi Rossiya Jurnalistlar uyushmasi a’zoligini to'xtatib turish va uni tashkilotdan chiqarib yuborish uchun rasmiy jarayon boshlanganini aytdi. Bayonotda yana aytilishicha, xarajatlar har yili rasmiy ravishda tekshiriladi va to’rt davlat kasaba uyushmalari tomonidan tushgan barcha savollarga javob berilgan.
"Biz yolg'on, tuhmat va zararli da'volarni butunlay rad etamiz", - dedi IFJ bosh kotibi o'rinbosari Jeremi Dier “Reuters”ga elektron pochta orqali yuborgan javobida.
Skandinaviya kasaba uyushmalari, shuningdek, IFJning shaffof bo’lmagan moliyaviy mablag'lardan foydalanishi, jumladan, matbuot erkinligi cheklangan Ummonda o'tgan yili Jahon kongressini o'tkazishga qaror qilgani ustidan shikoyat qiladi.
Buni ham ko'ring Qirg’iziston Madaniyat vazirligi "Azattiq"ni yopish payidaUmmondagi kongress o’tgan yili may oyi oxirida, jurnalistlar jahon futbolini boshqaruvchi FIFA tashkilotini Qatarga jahon chempionati mezbonligini berishga oid korrupsiyada ayblayotgan bir paytda tashkil etilgan edi.
"Kongressni o’tkazish uchun shuncha pul qayerdan kelganiga hayron bo'ldik”, - deydi Axo va jurnalistlar uyushmalarining bunday dabdabali homiyliklarni qabul qilishi qanchalik to’g’ri ekanini savol ostiga oladi.
Axoning aytishicha, Finlyandiya Jurnalistlar uyushmasi talabiga ko’ra IFJ bergan ma’lumotga ko’ra, kongress uchun sarflangan jami 778 000 yevrolik xarajatning 745 000 yevrogacha bo’lgan qismi (811 000 AQSh dollari) Ummon vazirliklari va xususiy kompaniyalardan, shuningdek, Ummon jurnalistlari uyushmasi tomonidan to’langan. Xarajatlarning atigi 33 000 yevrosi (35 818 AQSh dollari) assotsiatsiya tomonidan qoplangan.
IFJning ta'kidlashicha, bu summa ichida Ummon Jurnalistlari uyushmasi tomonidan kelishilgan subsidiyalar ko’rsatilmagan.
Buni ham ko'ring Hisobot: dunyo bo'ylab hibsga olingan jurnalistlar soni oshgan"Bu bir necha o'n yillar davomida IFJ ketma-ket o’tkazib keladigan anjumanlarda qo'llaniladigan oddiy jarayon", - deyiladi “Reuters”ga berilgan bayonotda.
IFJ o'z veb-saytida inson huquqlari, demokratiya va ommaviy axborot vositalari rang-barangligini himoya qilish uchun jamoaviy harakatni qo’llab-quvvatlashini aytadi.
"IFJ siyosati har uch yilda bir marta yig'iladigan Kongressda demokratik tarzda hal qilinadi va ish saylangan ijroiya qo'mitasi rahbarligida Kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi", - deyiladi tashkilot bayonotida.