Rossiya bosqinining birinchi oyida millionlab ukrainaliklar Polshaga qochdi. Oradan bir yil o’tib, chegaradagi tartibsizlik ancha tinchigan. Hatto ko’plab ukrainlar vataniga qaytmoqda. Ammo mamlakat sharqida urush qayta avj olar ekan, Polsha qochoqlarning yangi to’lqiniga bag’rini ochmoqda.
Olga Shust Ukrainaga yo’l olmoqda. U Polshada ishlaydi, ammo ota-onasiga qarash uchun vataniga qaytishga majbur. Bir yillik urush keskin ruhiy toliqishga ham sabab bo’ldi.
“Qanday qilib boshqalarni o’ldirishingiz mumkin? 21-asrdamiz, hamma narsa olg’a siljiyapti. Bu yerda esa shunday falokat. Mening yoshimdagi odamlar o’z hayotini yo’lga qo’yib olgan, kelajak uchun rejalari bor. Bizda hammasi yo’q qilindi”, - deya kuyunadi Olga.
Polshaning chegaradagi Pshemisl shahri ukrainalik qochoqlar bilan gavjum. Sharlot Farar ko’ngilli sifatida yordam berish uchun AQShdan kelgan. Qochoqlar soni o’syapti, deydi u.
“Odamlar endi nima bo’lishidan qo’rqyapti yoki qish davomida elektr, isitish va suv yo’qligidan qiynalgan odamlarning toqati toq bo’lmoqda”, - deydi u.
Buni ham ko'ring Bayden Ukrainaga bordi, yarim milliard dollarlik yordam va'da qildiO’tgan yili urushning ilk haftasida har kuni minglab ukrainlar Pshemislga qochib o’tdi. Poyezdlarni to’ldirib kelganlar orasida kunlab tuz totmaganlar bo’ldi.
Bosqinning ilk kunlaridagi vahima va tartibsizlik ancha tinchigan. Ammo oradan 12 oy o’tib, ayriliq va boy berilgan qurbonlar og’rig’i kamaygani yo’q.
Hozir qatnov har ikki tomonga bor. Vataniga qaytayotganlar ham ko’p.
Anna Fyodorova ikki farzandi bilan Zaporojyedagi uyiga qaytyapti. Eri Andrey esa Polshada qolmoqda. U haydovchi bo’lib ishlaydi. Oila bir hafta birga bo’ldi. Endi kamida yana bir oy ko’rishmaydi.
“Urush yaqin, lekin baribir uyimga borishni xohlayman. Bolalar bir muddat qattiq qo’rqishdi. Lekin hamma bunga ko’nikib qolgandek. Ko’chada yurganingizda portlashlarni eshitsangiz ham, buni xotirjam qabul qiladigan bo’lib qolarkansiz”, - deydi Anna.
Buni ham ko'ring Myunxen xavfsizlik anjumanida asosiy mavzu - Ukraina urushiTaisiya va uning qizi Juliana kiyevlik. Bir yillik qatnov ortidan u yangi hayotga ko’nikib bormoqda.
“Ancha kuchliman, ortiq unchalik qo’rqinchli emas. Hammasi yaqinda tugaydi degan umidim bor. Ancha mavhumliklar bo’ldi. Endi hammasi tugadi, degan umidsizlikka ham tushdik. Lekin yashashda, ishlashda, harakatda davom etyapmiz. Yana hammasi yaxshi bo’ladi, degan umiddamiz”, - deydi Taisiya.
Qiyinchiliklar ortidan miltillayotgan umid bu. Rossiya tez orada Ukrainani egallab oladi, degan qo’rquv endi yo’q. Uning o’rnini sabr va qat’iyat egallagan.
Ammo urushning qachon tugashi hanuz noma’lum.