Breaking News

Bayden Ukrainaga bordi, yarim milliard dollarlik yordam va'da qildi


AQSh rahbari kutilmaganda Kiyevga borib, Ukraina rahbariyati bilan muloqot qildi. Rossiya bu mamlakatga bostirib kirganiga bir yil to'lar ekan, Prezident Jo Bayden "dunyo Ukraina davlatiga yelkadosh", deya bildirdi.

Xalqaro hayot - 20-fevral, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:04 0:00

"Biz sizning mustaqilligingiz, suverenitetingiz va hududiy yaxlitligingizni quvvatlaymiz", - dedi u Prezident Volodimir Zelenskiy bilan Mariinskiy saroyida uchrashar ekan.

Bayden 20-fevral kungi tashrifi paytida Ukrainaga 500 million dollarlik yangi yordam paketini e'lon qildi. Unga harbiy ko'mak ham kiradi, jumladan o'q-dori, aynan tanklarga qarshi vositalar.

Bu hafta Vashington Rossiyaga nisbatan qo'shimcha sanksiyalar joriy etadi.

“Bir yildan beri urushdasiz, ammo bosh egmayapsiz. Demokratiyangiz ham bukilmayapti. Amerika xalqi bilan bilan, dunyo siz bilan, madadkormiz", - deydi Bayden.

50 dan ortiq davlatdan iborat koalitsiya Ukrainaga harbiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda yordamlashmoqda va bu, deydi Bayden, Vashingtonning xalqaro yutug'i.

“Putin o'yladiki, Ukraina zaif, G'arb tarqoq. U bizdan ustun kelmoqchi bo'ldi. Hozir u bunday deb o'ylamayotganiga ishonchim komil".

Zelenskiy Ukraina AQShga tayanayotganini aytib, minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv paytida Kiyev va boshqa hududlarda urush ovozi eshitilib turgan. Ikki prezident Kiyevdagi ibodatxonaga borib, urushda o'lganlarni xotirlagan.

Bayden va Zelenskiy harbiylarni sharaflovchi yodgorlikka gul qo'ygan.

Kiyev, Ukraina, 20-fevral, 2023
Kiyev, Ukraina, 20-fevral, 2023

Bayden shu kunlarda Yevropaga borishi rejalangan edi, ammo kuni no'malum edi. Ukrainaga tashrif Polsha tomon safar, deya so'nggi daqiqalarda aytilgan.

Bu tashrif mobaynida Bayden mintaqada NATO boshliqlari bilan ham ko'rishadi, shuningdek, Rossiya agressiyasiga qarshi birlashgan to'qqiz davlat rahbarlari bilan suhbatlashadi.

Hozirgacha Ukrainaga AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin, Davlat kotibi Entoni Blinken va boshqa rasmiylar hamda Prezident Baydenning rafiqasi Jill Bayden borgan edi.

Zelenskiyning o'zi dekabr oyida Vashingtonda kelib, Oq uy va Kongressdda bo'lgan.

Kiyev, Ukraina, 20-fevral, 2023
Kiyev, Ukraina, 20-fevral, 2023

AQSh va Yevropa Ittifoqi bu orada Xitoyni Rossiyaga qurol uzatmaslikka chaqirmoqda. Davlat kotibi Blinken Pekinni "keskin oqibatlar va choralar" haqida ogohlantirgan. Uning aytishicha, ko'plab davlatlar jim turmaydi.

"AQSh bizga talab qo'ya olmaydi", - deydi Vong Venbin, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so'zlovchisi.

Uning qayd etishicha, Xitoy va Rossiya orasidagi aloqalar taraf tanlamaslik, urush qilmaslik va boshqalarni nishonga olmaslik kabi tamoyillarga asoslangan.

"Xitoy emas, AQSh boshqalarga tinimsiz qurol uzatadi", - deydi Vong.

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo'yicha bosh rasmiysi Josep Borrell ham Pekinni Rossiyaga yordam bermaslikka undagan. Borrell ham bunday yordamga nisbatan ittifoq qat'iy javob berishini aytgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG