Prezident Si Zinpin so'zlariga ko'ra, Xitoy global rolini oshirib, xalqaro maydonda o'z pozitsiyasini kuchaytiradi.
Pekinda yangi hukumat ishga tusghar ekan, Si mana shunday va'dalar bermoqda. Ma'muriyatni unga sodiq shaxslar egallayotgani, deydi tahlilchilar, kelasi yillarda Sining qudrati yanayam oshishidan darak.
"Xitoy global boshqaruv tizimini isloh qilishda faol qatnashishi va xavfsizlikni ta'minlash uchun o'z g'oyalarini targ'ib qilishi kerak", - deydi Si.
Uning nazarida dunyo sahnasida ijobiy energiya yetishmayapti va busiz Xitoy o'z maqsadlariga, ya'ni har tomonlama taraqqiy etish rejasiga yeta olmaydi.
Buni ham ko'ring Riyod va Tehron Xitoy vositachiligida aloqalarini tikladiSi bunday tashabbusni aslida 2012-yilda hokimiyatga kelganidan beri olg'a surib kelmoqda, jumladan Xalqaro valyuta fondi va boshqa moliyaviy institutlarda rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlarini ko'proq hisobga olishni talab qilib kelmloqda.
Xitoy hozirda dunyoning ikkinchi eng yirik iqtisodiyotidir. Vashington, Tokio, Moskva va Dehli uning salohiyati oshib borayotganiga xavotir bilan qaraydi, ammo u bilan biznes sherik.
Si texnologik taraqqiyotni tezlashtirishga ham so'z bergan. Iqtisodiy, madaniy va siyosiy jihatdan Xitoy jahonda tengi yo'q qudratdir, deya urg'u bermoqda u.
Bu Sining uchinchi besh yillik muddati. Pekinda ekspertlar fikricha u umri oxiriga hokimiyatda qoladi. Unga biror sohada raqib bo'la olishi mumkin bo'lganlar siyosiy maydondan chetlashtirilgan.
Buni ham ko'ring Xitoy bayonotlarida aksil AQSh ohang kuchaymoqdaSi deydiki, Xitoyda kommunizm ustun kelmaganida mamlakat boshqalarga qaram, feodal va qo'rqoq tuzum bo'lib qolaverar edi.
“Biz endilikda har jihatdan mustahkam davlatmiz va taqdirimiz o'z qo'limizda. Boymiz va qudratlimiz", - deydi u.
Si Tayvanni Pekinga mutlaq bo'ysundirishni ham ko'zlamoqda. Hozirda bu orol o'zini mustaqil davlat deb biladi. Tayvan xalqaro maydonda tan olinmagan, ammo G'arb quvvatlovi ostida.
Xitoy prezidenti yaqin kelajakda Rossiyaga safar qilishi kutilmoqda. Pekin Ukrainada tinchlikka erishish uchun o'z rejasiga ega ekanini aytib, Moskva va Kiyev orasida vositachilik qilmoqchi.
Buni ham ko'ring AQSh qonunchilari: Kelajakni Xitoy belgilashiga yo'l qo'ymaymizRossiya va Xitoy hukumatlari Sining Moskvaga tashrifi haqida lom-mim demayapti, ammo uning ikki davlat rishtalarni mahkamlashga bel bog'laganini inkor etmaydi.
Fevral oyida Sining tashqi siyosat bo'yicha bosh maslahatchisi Vang Li Rossiyada bo'lib, rejalarni muhokama qilgan.
2022-yilning fevralida, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan sal oldin, Prezident Vladimir Putin Pekinga borgan va Si bilan "cheksiz sheriklik" qilishga kelishib olgan edi. Bunday sheriklik nimadan iborat bo'lishini o'shanda tushuntirilmagan.
Si va Putin shu paytgacha 39 bor rasman ko'rishgan.