Tolibon Afg'onistonda xotin-qizlarga BMT bilan ishlashni va hamkorlik qilishni man etgan. Bu borada jahon tashkilotiga rasman ma'lumotnoma uzatilgan.
“BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga bunday taqiq haqida aytish qabul qilinmas holat va aql bovar qilmaydi", - deydi tashkilot matbuot kotibi Stefan Dujarrik.
“Gumanitar yordam beradigan muassasalarga to'siq qo'yishning yangi bir yo'li... Natijada xalq yana ham azoblanadi".
BMT oxirgi oylarda shunday cheklov qo'yilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Joriy yil boshida BMT Bosh kotibining o'rinbosari Amina Muhammad Kobul, Qandahor va Hirotga borib, Tolibon bilan so'zlashgan va ayollarga erkinlik berish shart ekanini aytgan edi.
2022-yilning oxiridan binoan afg'on ayollari biror mahalliy va xalqaro insonparvarlik tashkilotlarida ishlay olmaydi. Shu sabab qator muassasalar hozirda Afg'oniston bilan faoliyatini to'xtatgan.
Endilikda BMT, dunyodagi eng yirik xalqaro tizim uchun ham eshiklar yopilmoqda.
Bosh kotibiyat Kobuldagi rahbarlar bilan muloqotda ekanini bildiradi. Muammoga yechim izlanmoqda, deydi Dujarrik.
UNAMA, BMTning Afg'onistondagi vakolatxonasi Tolibon qarorini qoralab chiqqan. Uning ishi ayollarsiz og'irlashishi va umuman, mamlakatda xotin-qizlar ahvoli tobora qiyinlashaytganini bayon qilgan.
Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, cheklovlar faqat Nangarhor viloyatida. Lekin Tolibon qarorlarini tushuntirmaydi.
Ayollarga beriladigan gumanitar ko'makni kim yetkazadi? BMT hozir Tolibonga shu savolni bermoqda.
BMT Oziq-ovqat dasturi rahbariyatiga ko'ra, 20 millionga yaqin afg'on yetishmovchilik domidad, 6 milliondan ziyodi esa ocharchlik bilan yuzlashmoqda.
BMT Afg'onistonda qariyb 4 ming xodimga ega. Ulardan 3 ming 300 nafari mahalliy, 400 nafari xotin-qizlardir. Xorijiy xizmatchilardan 200 nafari ham ayollardir.