Bucha qirg'inida Rossiyaning qo'li yo'qmi?

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi oʻtgan yili Ukrainaning Bucha shahrida sodir etilgan qirg’inda rus armiyasi nohaq ayblanganini da’vo qilmoqda.

“Buchadagi qirg'in” deb aytilayotgan voqea dalillarini - o'lganlarning ismi, ularning o’limi sabab va sanalari, sud-tibbiyot ekspertlarining xulosalarini ko’rmadik", deya bayon qildi vazirlik.

Bu gap qanchalik haqiqatga to'g'ri keladi?

Rus qo’shinlari Kiyev yaqinidagi Buchani 2022-yil 5-martdan 31-martgacha nazorat qilgan.

Ukraina kuchlari shaharni 2022-yil 1-aprelda ozod etgach, xalqaro matbuot u yerdagi tinch aholi vahshiylarcha o‘ldirilganiga oid foto va video dalillarni chop eta boshlagan.

Bucha aholisi ommaviy qatl etilganini ukrainalik va xorijiy tergovchilar hamda prokurorlar hujjatlashtirgan.

U yerda qo’llari bo’g’langan va tanasida qiynoq izlari bor jasadlar topilgan.

Buni ham ko'ring Ukraina urushi dahshatlari virtual voqelik orqali namoyish qilindi

Qurbonlarning shaxsi aniqlangan, tirik qolganlar va guvohlar ko’rsatmalari olingan. Qirg’inni amalga oshirganlikda gumonlanayotgan rus harbiylarining ismlari oshkor qilingan.

2022-yil 31-oktabr holatiga ko’ra, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariati Buchada rus qo‘shinlari 73 kishini o‘ldirganini hujjatlashtirgan va yana 105 o’xshash qotilliklar hamon tekshirilmoqda.

Idora xulosasi shuki, ko'plab odamlar shunchaki ko'chada bo’lgani uchun otib tashlangan.