Kiyev: Mirziyoyevning Moskvadagi paradda ishtiroki - hurmatsizlik

Moskva, 9-may, 2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev doxil Markaziy Osiyo yetakchilarining Moskvadagi harbiy paraddagi ishtiroki o’z ozodligi uchun kurashayotgan Ukrainaga nisbatan hurmatsizlik sifatida qabul qilingan. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan bayonotda shunday deyiladi.

Kiyevga ko’ra, harbiy jinoyatlari uchun xalqaro sud tomonidan qidiruvga berilgan Prezident Vladimir Putin Markaziy Osiyo yetakchilarini Moskvada kutib olar ekan, Ukraina bo’ylab o’nlab raketa zarbalari yo’llashni unutmagan. Paradda Ukraina aholisini o’ldirayotgan harbiy texnikalar ko’z-ko’z qilingan.

Kiyev Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston va O’zbekiston rahbarlarining "Yevropada yangi urush olovini yoqqan harbiy jinoyatchi Putin bilan birga ommaviy tadbirda ishtirok etishlarini Ukrainaga nisbatan qilingan nodo’stona harakat, o’z ozodligi uchun kurashayotgan ukrain xalqiga ko’rsatilgan hurmatsizlik" sifatida baholaydi.

Mosvka, 9-may, 2023

Ukriana hukumatiga ko’ra, Markaziy Osiyo xalqlari ikkinchi jahon urushidagi g’alaba uchun muhim hissa qo’shishgan, ular xotirasi Kremlning soxta sahnasi uchun ishlatilishga munosib emas.

Shunisi diqqatliki, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bayonotida Moskvadagi paradda ishtiroki etgan Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko mutlaqo eslanmaydi. Bayonot Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlari nomiga e’lon qilingan. Buning sababi Kiyev Lukashenko hukumatini tan olmasligi, Belarusni Rossiya tarkibiga qo’shib olingan hudud sifatida qaralishi bilan bog’liq.

Moskva, 9-may, 2023

Markaziy Osiyo liderlarini Moskvadagi paradda qatnashishiga nisbatan Ukraina hukumatini rasmiy pozitsiyasi asosan shundan iborat, ammo ukrain jamoatchiligi, ekspertlar, ayrim siyosatchilar doirasidagi munosabatlar bundanda keskin.

Bu chiqishlarda Markaziy Osiyo liderlari Putinga ko’rsatayotgan sadoqati uchun keskin tanqid ostiga olinadi. Rossiya Ukraina xalqini o’ldirayotgani, mamlakatdagi shaharlar, qishloqlarni vayron qilayotgani, Markaziy Osiyo davlatlarining har biri Ukraina o’rnida bo’lishi mumkinligi eslatiladi.

O’zbekiston tomoni Prezident Mirziyoyev Rossiya prezidenti taklifiga ko’ra Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi g’alabaning 78 yilligiga munosabati bilan tashkil qilingan tantanalarda ishtirok etgani, Putin bilan ikki tomonlama hamkorlik masalasini muhokama qilganligini ma’lum qilgan.

Mirziyoyevning Moskvaga safari o’zbek jamoatchiligi tomonidan ham turli munozaralar bilan kutib olindi. Mamlakat prezidentining harbiy paraddagi ishtirokini quvvatlagan, bundan afsus bildirganlar ham bor.

Your browser doesn’t support HTML5

Ukraina Markaziy Osiyo liderlaridan norozi