“O’q-dori qutilarida chizilgan ikonalar” nomli ko’chma ko'rgazma yaqinda Nyu-Yorkda to’xtab o’tdi. Ukrainalik rassomlar Oleksandr Klimenko va Sonya Atlantova frontdan keltirilgan qutilar ustida o’z asarlarini chizadi.
O'q-dori qutilari - haqiqiy janglar guvohi. Yaqinda "O'q-dori qutilaridagi ikonalar" nomli ko'rgazmada, Nyu-Yorkda namoyish etildi. Bu asarlar ukrainalik Oleksandr Klimenko va Sonya Atlantova mo’yqalamiga mansub. Klimenko ushbu loyiha ustida 2014, Qrim anneksiya qilingan yilda ish boshlagan.
Buni ham ko'ring "Madonna qo’lidagi qurol" - mem targ'ibot“Askarlardan “Bu qutilarni nima qilasizlar?”, deb so’ragandim, “Yoqib yuboramiz”, deyishdi. Qarasam, qutilarning qopqog'i ikonalar chizadigan taxtalarga o’xsharkan”, - deydi u.
Ko'rgazma Nyu-Yorkdagi Avliyo Ignatius Loyola cherkovida bo'lib o'tdi. San’at asarlari ruhoniy Denis Yesaloniyani hayratlantirdi. Ukrainani qo'llash uchun u ayrim kartinalarni cherkov uchun sotib oldi.
“Menga eng yoqqani Madonna, u chindan diqqatimni o'ziga tortdi. Cho'qintiruvchi Ioan ham juda muhtasham qilib bajarilgan, biroq Madonna yuzidagi qayg'u mohirlik bilan aks ettirilgan”, - deydi Yesaloniya.
Klimenko Nyu-York ko’rgazmasiga kelolmagan, biroq tushgan mablag‘ Ukraina fronti ortida tibbiy yordam ko’rsatib kelayotgan Pirogov nomidagi ko’ngillilar ko‘chma kasalxonasiga yuborilganidan mamnun.
“Bir yil oldin ikki oy davomida kasalxonada ko'ngilli bo’lib ishladim. Irpen yaqinida, Buchada haydovchilik qilganman. Inson hayotini saqlab qolish nimaniligini shunda ko’rganman”, - deydi rassom.
Ko'rgazmada Klimenko va uning rafiqasi, rassom Sonya Atlantovaning yaqinda chizgan ikonalari qatori AQShdagi shaxsiy kolleksiya va muzeylarda saqlanadigan oldingi asarlari ham namoyish etildi. Hammasini Tatyana Borodina bir joyga yig’di.
Buni ham ko'ring Ukraina: San’at ham qurol, ham ilhom, ham terapiya vositasi“Odamlar hamdardlik bildirishdan charchaydi. Bu chindan ham og‘ir urush va uzluksiz hamdard bo’lish oson emas. Ammo biz odamlarni o’lim va kulfat keltiruvchi o'q-dori qutilarini mana shunday go'zal, ezgu artefaktlarga aylantirilishi vositasida uyg'otishimiz, ularga asl vaziyatni ko’rsatishimiz kerak”, - deydi u.
Qutilarning ayrimlari kuygan, ba'zilarida o'q izlari bor, ba'zilari qirilgan. Ular urush davom etayotganidan bir eslatma.
“Mana bu ishlarimni frontda, Baxmutda boshlaganman. "Front avliyolari” nomli asarlar to'plamini yaratdim. Bulari Bucha va Irpenga bag'ishlangan ishlar. Ular ustida bir yildan beri ishlayapmiz”, - deydi Klimenko.
Maqsad Nyu-York ahliga nafaqat ikonalarni ko’rsatish, balki kartinalarni sotib Ukrainadagi ko‘ngillilar shifoxonasi uchun mablag’ to’plashdir.