Yevropaning 11 davlatidan 16 ming odam ishtirok etgan so’rov natijalariga ko’ra, Ukraina bosqini ortidan aksariyat yevropaliklar Rossiyani dushman sifatida qabul qilmoqda. Yevropaliklarning Xitoyga nisbatan munosabati nisbatan iliqroq.
Xalqaro munosabatlar bo’yicha Yevropa kengashi (ECFR) o’tkazgan so’rovga ko’ra, yevropaliklarning uchdan ikki qismi Ukraina urushi ortidan Rossiyani dushman sifatida ko’radi. Bu 2021-yilga qaraganda ikki barobar ko’p.
Yevropa va Rossiya munosabatlari kelajagi haqidagi savolga ishtirokchilarning deyarli yarmi aloqalar cheklanishini yoqlagan, ammo boshqacha qarashlar ham yo’q emas.
“Rossiya bilan aloqalarni tugal uzish tarafdori bo’lgan Polsha kabi davlatlar bor, hatto muzokaralar natijasida tinchlik bitimiga erishilgan taqdirda ham. Shuningdek, urushdan keyin Rossiya bilan bungacha mavjud barcha munosabatlarni tiklash tarafdori bo’lgan Bolgariya, Vengriya, Avstraliya va Germaniya kabi davlatlar ham bor”, - deydi Xalqaro munosabatlar bo’yicha Yevropa kengashi vakili Pavel Zerka.
Buni ham ko'ring Ukrainalik o'quvchilar davlat imtihonini xorijda ham topshira oladiYevropaning ayrim yetakchilari, jumladan, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yevropada “strategik avtonomiya”ni rivojlantirishga chaqirdi, ya’ni mintaqaning Qo’shma Shtatlaridan mustaqil tarzda o’z-o’zini himoyalashiga. So’rov ishtirokchilarining 75 foizga yaqini Yevropa xavfsizlik masalasida AQShga suyanishi mumkin deb hisoblaydi.
“Albatta, bu ko’rsatkichni yevropaliklarning AQShga ishonchi avvalgiga nisbatan kamaygan, deb ham talqin qilish mumkin. Ehtimol, Donald Tramp prezidentligi aloqalarga rostdan darz yetkazishga muvaffaq bo’lgandir. Ammo buning boshqa bir talqini ham mavjud, ya’ni yevropaliklarning Ukrainada boshlangan urush natijasida xavfsizlik uchun mas’uliyatni o’z bo’ynilariga ola boshlaganligidir”, - deb izohladi buni Pavel Zerka.
Tadqiqotdan yevropaliklarning Xitoyga munosabati ham o’rin olgan.
Buni ham ko'ring NATO sammitidan nimalar kutilmoqda?“Odamlar hamon Xitoyni Yevropaning hamkori sifatida qabul qilishda davom etyapti, dushman yoki raqib emas; ammo ko’pchilik Xitoy Rossiyaning ittifoqchisi ekanligini yaxshi biladi”, - deydi Zerka.
Bunga qaramasdan, aksariyat yevropaliklar Xitoyning Yevropadagi muhim infratuzilmalarga egalik qilishiga qarshi.
So’rovda qatnashganlarning taxminan 41 foizi agar Pekin Rossiyaga qurol yetkazib bersa, Yevropa Ittifoqi Xitoyga nisbatan sanksiya joriy etishi kerak deb hisoblaydi, bu Yevropa iqtisodiyotiga zarar bergan taqdirda ham.