Iyul oyi boshida Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 800 million dollarlik harbiy yordami doirasida kassetali bombalar yuborishini ma’lum qildi.
Havodan yoki yerdan otiladigan bu snaryadlar otilganda, ichidan keng maydonga yoyiladigan kichikroq sochma bombalar otilib chiqadi.
AQSh Ukrainaga jo’natayotgan turi 155 millimetrli artilleriya snaryadlariga joylanadi.
Tinch aholi uchun potensial xavfi borligi sababli kassetali bombalardan foydalanish 2008-yilgi xalqaro konvensiya bilan taqiqlangan.
Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi o’z Telegram sahifasida Ukrainaga kassetali bombalar berilayotganini qoralab chiqdi. Elchixonaning yozishicha, AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi “Ukraina mojarosi davomida AQSh harbiy jinoyatlar sodir etganini amalda tan oldi”.
Bu da'vo noto’g’ri!
Buni ham ko'ring AQSh Kiyevga klaster bombalarini yetkazib beradiRossiya elchixonasi Kirbining so’zlarini buzib talqin qilgan.
Aslida Kirbining aytishicha, “Ukraina ichidagi Rossiya pozitsiyalariga qarata otilgan kassetali snaryadlardan ko’ra tinch aholi Rossiya askarlari qo’lidan ko’proq halok bo’lgan va halok bo’lishda davom etyapti”.
Buni ham ko'ring Bayden: Ukrainaga qancha kerak bo'lsa, shuncha yordam beramizRossiya ham, Ukraina ham konvensiyaga a’zo emas va har ikkisi urushda kassetali o’q-doridan foydalangan. Rossiya bu qurolni Checheniston, Gruziya va Suriyada ham qoʻllagan, baʼzida to’g’ridan-to’g’ri tinch aholiga qarshi.
2016-yilda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kassetali o’q-dorilardan foydalanishni “qonuniy harbiy vosita” deb ta’riflagan edi.