Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada Xitoy sarmoyasi va savdosi ortib borgan sari yosh arablarning bu Osiyo davlati haqidagi qarashlari o’zgarib bormoqda. Bu nimalarda aks etadi?
Yaqin Sharqdagi ko'chmas mulk, infratuzilma va savdoga sarmoya kiritish orqali Xitoy mintaqada aholining 60 foizini tashkil etuvchi 30 yoshdan kichik arablar orasida nufuzini kuchaytirmoqda.
“BCW” aloqa firmasi 18 mamlakatda 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan arab yoshlari o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovda aniqlanishicha, yoshlar Xitoy va Turkiyani Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi eng yirik ikki ittifoqchi sifatida ko’radi.
"Xitoyni tanlaganlar 80 foizni tashkil etadi; bu oxirgi to'rt yil ichida eng yuqori ko'rsatkich. AQShniki esa 72 foiz", - deydi kompaniya rasmiysi Sunil Jon.
Qarashlardagi o'zgarish qisman Pekinning global infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritish orqali aloqa va savdoni kuchaytirishga qaratilgan "Bir kamar, bir yo'l" tashabbusi bilan bog'liq, deydi Jon.
Buni ham ko'ring Xitoy Falastin bilan "strategik hamkorlik" o'rnatilganini e'lon qildi“Bir kamar, bir yoʻl” tashabbusiga kiritilgan sarmoyalarning qariyb 28,5 foizi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaga toʻgʻri keladi”, - deydi ekspert.
Yana bir sabab: Xitoyning shart qo’ymasligi.
“Arab yoshlari Xitoyni ichki ishlarga aralashmaydigan davlat sifatida koʻradi. Xitoy qaysidir ma’noda mintaqa siyosatiga aralashmaydi”, - deydi Jon.
Yana uning aytishicha, ko'chmas mulk egaligi, biznes manfaatlar hamda turizmning keng tarqalishi Pekinning mintaqadagi iqtisodiy ta'sirini oshirmoqda.
“Yaqin Sharq yoki Fors ko’rfazi mamlakatlari Xitoyga zarur bo’lgan neftning yarmini ta’minlaydi. Xitoy ko'p jihatdan asosiy savdo sherigi sifatida AQSh o’rnini egallagan va bu 2010-yildayoq sodir bo'lgan", - deydi tadqiqotchi.
Hamma ham Xitoyga ijobiy ko’z bilan qaramaydi.
"Bu asosan arzon ishchi kuchi bilan bog’liq”, - deydi talaba Solih Ahmad.
Buni ham ko'ring Arab ligasining Shinjonga tashrifi Pekin uchun propagandaAQSh Xitoyni majburiy mehnatda, ayniqsa uyg'urlar va boshqa musulmon ozchilik guruhlarga tazyiq o’tkazishda ayblaydi. Ahmadning aytishicha, agar tanlash imkoni berilsa, Xitoydan ko'ra AQShda yashashni afzal ko'radi. Boshqa arab yoshlari ham shu fikrda.
“AQSh xilma-xillikka ega. U arablarni, arab bo‘lmaganlarni, yevropaliklarni va butun dunyodan kelganlarni o’zida mujassam etgan”, - deydi yana bir talaba.
So‘rovda qatnashgan arab yoshlarining 60 foizi kelgusi besh yil ichida AQSh mintaqa uchun Xitoydan ko‘ra muhimroq ittifoqchi bo‘lishini aytgan.
Ko'pchilik AQSh demokratiyasiga ijobiy qarasa-da, AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy ishtiroki haqidagi qarashlar salbiy. AQShning Yaqin Sharqda 30 mingdan ortiq askari bor, ularning aksariyati Quvayt va Bahraynda.
“60 foizga yaqin odam AQShning mintaqadan chiqishini istagan. Biroq, boshqa tomondan, ular AQShni demokratiyaning ajoyib tajribasi sifatida ko'rishadi va o'z mamlakatlari ergashishi uchun namuna deb bilishadi”, - deydi Sunil Jon.
Arab yoshlari fikrini o'rganish orqali so'rov Yaqin Sharqqa oid biznes qarorlari va siyosatga ta'sir o’tkazishni umid qiladi.