BMT Xavfsizlik kengashi Yaqin Sharqdagi tanglik yuzasidan Rossiya taklif qilgan rezolyutsiya loyihasini rad etdi. Hujjatda terrorizm va zo'ravonlik qoralanadi, ammo unda XAMAS tilga olinmagan.
XAMAS 7-oktabrdagi hamlada 1300 nafar yahudiyni o'ldirgani bu xalqqa qarshi Ikkinchi jahon urushidan beri qilingan eng qaqshatqich xuruj deya talqin qilinar ekan, bu voqeaning alohida qayd etilmagani rezolyutsiyani ovozdan o'tkazmagan.
Rossiya taklifini Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Mozambik va Gabon tomonidan yoqlangan.
AQSh, Britaniya, Fransiya va Yaponiya unga qarshi ovoz bergan.
Olti davlat ovoz bermagan. Xavfsizlik kengashidagi 15 a'zoning kamida to'qqiztasi ma'qullashi kerak.
Buni ham ko'ring G'azoda gumanitar vaziyat yanada keskinlashganKengashning asosiy vazifasi - xalqaro tinchlikni ta'minlash. Isroil XAMAS xurujiga javoban olib borayotgan harbiy harakatlarda 2750 nafar falastinlik halok bo'lgan.
Britaniya elchisi Barbara Vudvard deydiki, Isroil tarixidagi eng qonli hujum kengash tomonidan qat'iyan qoralanishi lozim.
Braziliya tomonidan ham rezolyutsiya loyihasi yozilgan. Unda ham terrorizm va zo'ravonlik la'natlanadi, ammo XAMAS xurujlari deb alohida ko'rsatilgan.
Rossiya Isroil va G'azodagi hujumlarni birdek tanqid qilib, har ikki tomondan minglab odamlarning yostig'i quriganini "dahshatli fojia" degan bong urmoqda.
Buni ham ko'ring Bayden: Isroil G'azoni bosib olmasligi kerakMoskva diplomatlari Xavfsizlik kengashi kerak paytda har doim tarqoq deya nola qilar ekan, Vashington vakillari Kremlni XAMASga yumshoqlikda gumon qilmoqda.
“XAMASni qoralamay, Rossiya begunoh insonlarni qirayotgan terrorist guruhning yonini olmoqda", - deydi Linda Tomas-Grinfild, AQShning BMTdagi elchisi.
Amerika diplomatiga ko'ra, G'azo sektoridagi notinchlik va qon to'kilishida aynan XAMAS aybdor.
Braziliya rezolyutsiya loyihasida Isroil va XAMAS sulhga chaqiriladi va insonparvarlik yordami ko'rsatilishi zarurligi ta'kidlanadi.
Ikki kundan beri Rossiya va Braliziya o'z takliflarini targ'ib qilmoqda, lekin hozircha samarasiz.