Samarqandda bugun O‘zbekiston va Fransiya rahbarlari o‘zaro munosabatlarni yaqin kelajakda strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga kelishib olgan.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron orasida muzokara va muloqot ketidan sakkiz hujjat imzolangan:
– “Samarqand Fransuz Alyansi”ni tashkil etish va uning faoliyati to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
– O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha hukumatlararo moliyaviy bayonnomalar;
– O‘zbekistonda Fransiya taraqqiyot agentligi va “PROPARKO”ni tashkil etish va ularning faoliyati to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
– tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida diplomatik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
Buni ham ko'ring Fransiya, Qozog'iston hamkorligi kengayadi– maktabgacha, maktab, professional va oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha bayonnoma;
– madaniy meros sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
– professional va texnik ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuv.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda "SUEZ" va "Bouygues" kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiyalarga ham qo'l qo'yilgan.
EDF, Voltalia, Total Energies, Orano, Eiffage, Veolia, SUEZ, Lactalis, Semai, Semmaris, Alstom, Airbus Helicopters, ATR, Vicat, Mobilitas, Boehringer Ingelheim, Thales, Aramine, Meridiame, Societe Generale, Natixis kabi fransuz kompaniyalari qatnashgan biznes forumdan keyin energetika, metallurgiya, qishloq xo'jaligi, transport va suv sohasida qator shertnomalar imzolangan.
Buni ham ko'ring IPHR: Makron To'qayev va Mirziyoyevni demokratiyaga undasinFransiya va O'zbekiston yillik savdoni 1 milliard dollarga chiqarmoqchi. Joriy va rejalangan qo'shma loyihalar qiymati qariyb 10 milliard dollar, deydi rasmiylar.
Makron deydiki, O'zbekistonda Mirziyoyev islohotlar olib bormoqda va Fransiya ularni quvvatlaydi.
Yevropadagi inson huquqlari tashkilotlari Makronni O'zbekiston va undan oldin tashrif buyurgan Qozog'istonda inson huquqlari masalalarini ko'tarishga undagan edi. Parijdan ular Markaziy Osiyoda demokratiyani targ'ib qilishni so'ramoqda.
Makron Mirziyoyev va Qozog'iton rahbari Qosim-Jo'mart To'qayev bilan siyosiy va iqtisodiy islohotlar haqida gaplashgan. Har ikki davlatda demokratiya rivojlanishini istashini aytgan, biroq huquq tashkilotlari undaganidek, 2022-yildagi zo'ravonliklar yuzasidan adolat ta'minlanishiga chaqirganmi yo'qmi, bu borada rasmiylar lom-mim demaydi.