Ukrainlar orasida Isroil-XAMAS mojarosi G’arbning Kiyevga ko’magini kamaytirishi mumkin, degan xavotir mavjud. Ukrainadagi yahudiylar AQSh har ikki davlatga birderk ko’mak berishiga umid qilmoqda. Ularning nazdida, Rossiya-Ukraina va Isroil-XAMAS urushida o’xshashliklar bor.
Bu Kiyev markazidagi eng qadimgi sinagogalardan biri. Bu yerga yig’ilgan harbiy ruhoniylar turli dinlarga mansub. Ular Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri vatan himoyasida.
Harbiy ruhoniylar urush mavzusini muhokama qilar ekan, ularning nazdida Rossiya-Ukraina va Isroil-XAMAS urushida o’zaro o’xshashliklar bor.
Ravvin Deyvid Milman hamkasblariga Isroil-XAMAS mojarosi haqida o’z fikrlarini bildirar ekan, xavotirda ekanini aytadi. Isroilda yaqinlari bor.
“Dahshatga tushdim. Farzandlarim o’sha yerda, nevaralarim! Bu qanday sodir bo’ldi, tushunolmadim. Kutmagan edik. “Hizbulloh”, Erondan kutsak ham, lekin XAMASdan kutmagan edik. “Hizbulloh” va Eron bilan solishtirganda, ular shunchaki bir guruh banditlar. Razvedka nazardan qochirgan ularni”, - deya o’z fikrini bildiradi Milman.
Uning nazarida, XAMASning Isroilga hujumi Rossiyaning Ukrainaga hujumiga o’xshash. XAMASni tashqaridan qo’llab turganlar bor. Xorijiy kuchlar yordamisiz XAMAS buni amalga oshira olmas edi, deydi u. U Rossiyadan gumon qilmoqda. Lekin dalil yo’q.
Buni ham ko'ring Kongress Ukrainaga so'ralgan yordamni beradimi?Milman Prezident Volodimir Zelenskiy hamda Isroil elchisining ibodatxonadagi o’rindig’ini ko’rsatadi. Milman uchun Ukraina ham, Isroil ham vatan. Uning nazdida, har ikki vatani agressiyaga qarshi kurashmoqda.
Ukraina Yaqin Sharq tadqiqotlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Igor Semivolos ham har ikkala urushda demokratiya dushmanlari qatnashayotganini aytadi.
“Rossiya va Eronning ishtiroki borligiga shubha yo'q. Eron va Rossiya bizning dushmanimiz ekanini hisobga olsak, bu bizning mojaromizga ham ta'sir qilmasdan qolmaydi. Mojaro global tus olmoqda. Jo Baydenga ko’ra, bu demokratiya va avtokratiya o'rtasidagi mojaro va buni Ukrainaga ta'sirini his qilyapmiz”, - deydi Semivolos.
Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga integratsiyasi bo‘yicha parlament qo‘mitasi raisi Ivanna Klimpush-Sinsadzening fikri ham shunga o’xshash. U AQSh rahbari Baydenning Ukraina va Isroilga yordam paketini birlashtirish qarorini quvvatlaydi.
Buni ham ko'ring G’azo Sektoriga qo’shin kiritgan Isroil amaliyotlarini kengaytirmoqda"Tushinishimcha, hozir Amerika siyosatining barcha jihatlarini, ichki siyosatini hisobga olsak, bu Amerika jamoatchiligiga xalq nimaga qarshi turishi, Isroil va Ukrainani qo'llab-quvvatlashi kerakligini tushuntirish yo’lidagi eng oqilona yondashuv", - deydi qonunchi.
Yahudiylar uchun Ukraina muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mamlakatda yahudiylar talay. Isroilning o'tmishdagi rahbarlari Golda Meir va Ariel Sharonlarning kelib chiqishi Ukrainaga borib taqaladi. Ko’plab yahudiy diniy arboblar dafn etilgan bu yerda. Milman har ikki vatani uchun har kuni duoda.