AQSh Prezidenti Jo Bayden yaqinda sun'iy intellektni xavfsiz va ishonchli rivojlantirish hamda ishlatishni rag'batlantirish maqsadida keng qamrovli buyruqni imzoladi.
Prezident Jo Bayden tomonidan imzolangan sun'iy intellekt to’g’risidagi farmon shu yil boshida sun'iy intellekt texnologiyalarini xavfsiz va shaffof yo'llar bilan ishlab chiqishga va'da bergan bir qancha yetakchi texnologiya kompaniyalari bilan mavjud kelishuvga asoslanadi.
"Sun'iy intellekt inson imkoniyatlari chegarasini kengaytirib, insoniy tushunchalarni sinovdan o'tkazar ekan, bu muhim qaror biz nimani himoya qilishimiz kerakligini belgilab beradi: xavfsizlik, ishonch va ochiqlik", - dedi AQSh rahbari.
Sun'iy intellekt afzalliklari jamiyatning barcha tarmoqlari o'rtasida teng taqsimlanishiga erishish va xavf-xatarlarni bir yoqli qilish ham maqsadlardan.
Buni ham ko'ring Hisobot: Sun'iy intellekt internet erkinligini cheklamoqda"Agar biz bu farmondan olishimiz mumkin bo’lgan bitta xulosa bo’lsa, bu texnologiyaning jamoatchilik manfaatlari uchun qanday ishlab chiqilishi va qo'llanilishi bo’yicha yetarli himoya to'siqlarini yaratishda hukumatning to’liq ishtiroki kerakligini anglashdir", - deydi ekspert Kamil Karlton.
Jorj Vashington universiteti professori Deyvid Braniatovskiga ko’ra, bu masalada hukumat ishtiroki zarur.
“Ayniqsa, standartlarga e’tibor qaratish masalaning o’ziga xos tomoni. Bu sohada standartlarga e'tibor qaratish boshqa sohalardan ko’ra muhimroq, chunki u ko’proq odamlarga jarayonda ishtirok etishga imkon beradi”, - deydi u.
Shimoli-Sharqiy universitet tadqiqotchisi Bes Novek farmonni qo’llab-quvvatlaydi.
"Endi har bir federal agentlikda sun'iy intellekt uchun mas'ul xodim bo'ladi va biz iste'molchilarni himoya qilish, xavflar va kamsitishlarni kamaytirish uchun agentliklar bo'ylab himoya choralarini joriy qilamiz. Menimcha, bu juda muhim va uzoq kutilgan qaror", - deydi u.
Ammo uning xavotirlari ham bor.
Buni ham ko'ring Sun'iy intellekt odamlarni "qayta tiriltiradimi?"“Biz hali so’ramayotgan savollar bor. Qanday investitsiyalar kiritishimiz kerak? Qanday siyosatlarni amalga oshirish lozim? Sun'iy intellektning muhim afzalliklarini tushunish uchun nimalar qilishimiz kerak?” – deydi u.
Novekka ko’ra, farmon shu yo’ldagi birinchi ijobiy qadam.
"Olg’a yurar ekanmiz, ushbu texnologiyalarni mas'uliyat bilan ishlatishimiz va rivojlantirishiz hamda dunyoda yaxshilik qilish uchun ulardan kuch olishimiz kerak. Bu katta ish”, - deydi u.
Oq uy mamlakatda amalga oshirilayotgan bu chora-tadbirlar xalqaro harakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilishiga umid qilmoqda, chunki bir davlatda ishlab chiqilgan sun’iy intellekt butun dunyo bo‘ylab milliardlab odamlarning hayoti va turmush tarziga ta’sir qilishi mumkin.