O‘zbekistonda Konstitutsiya kuni munosabati bilan davlat rahbari “jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni" afv etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni 334 nafar mahkumga nisbatan qo'llandi.
Hujjatga binoan, ularning 34 nafari to‘liq erkinlikka chiqqan.
249 nafari shartli ozod qilingan.
6 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan.
45 nafarining qamoqdagi muddati qisqartirilgan.
Afv etilganlarning 18 nafari chet el fuqarolaridir.
23 nafari - ayollar.
15 nafari - 60 yoshdan oshgan shaxslar.
88 nafari - taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashganlikda aybdor deya topilib, qamalgan odamlar.
Mirziyoyev prezidentlikka kelganidan beri har yili Konstitutsiya kuni arafasida yuzlab mahkumlarni afv etadi.
Inson huquqlari tashkilotlari bu farmonlarni ijobiy o'zgarish sifatida ko'radi, ammo mamlakat hibsxonalarida qiynoqlarga barham berilmagan va mahbuslarning himoyasi ta'minlanmaydi, deya qator muammolarni ko'tarib keladi.
Buni ham ko'ring O'zbekiston BMT maxsus vakili tavsiyalarini qanchalik bajara oldi?