O'zbekistonga 23-apreldan 7-maygacha qilingan safar xulosasi o'laroq Xalqaro Valyuta jamg'armasi Vashingtonda quyidagilarni ma'lum qildi:
O'zbekiston iqtisodiyoti yuqori darajada o'smoqda. Xorijdagi fuqarolar ishlab topgan mablag' mamlakat tirikchiligi uchun o'ta muhim. Xususiy sektor kengaygan, iste'mol jadal. O'tgan yili o'sish 6 foizga yetgan, bu yil esa hozirgacha 6,2 foizda turibdi.
Buni ham ko'ring Energetik qaramlik: AQSh ekspert doiralarida Markaziy Osiyo tahlili2020-yildan beri, fond tahlilicha, O'zbekistonda qashshoqlik 17 foizdan 11 foizga tushgan. Inflyatsiya esa 2022-yildagi 12,3 foizdan 8 foizga pasaygan. Bunga, qisman, jahon bozorida yonilg'i va oziq-ovqat narxining tushgani turtki bergan.
Migrantlardan kelayotgan mablag' kamaygani, tashqi qarz ustidan to'lanadigan foizning katta ekani sabab kamomad ko'tarilgan, 8,6 foizga, 2022-yilda u 3,5 foizda bo'lgan.
Zaxiralar qiymati 1,2 milliard dollarga pasaygan, lekin fondga ko'ra, bu vaqtinchalik.
Yalpi milliy mahsulot bu yil 5,4 foizga oshishi kutilmoqda. Ukrainadagi urush oqibatlari, iste'mol mahsulotlarining beqaror narxi, global bozordagi susayish, davlat bizneslari va xususiy tadbirkorlik obyektlarining moliyaviy qiyinchiliklari iqtisodga kuchli ta'sir qiladi.
Sistematik islohotlarni jadallashtirish, chetdan ko'proq daromad va kapital olinishini va oltin bahosining oshishi O'zbekiston iqtisodini kengaytirishda salmoqli faktorlardir.
Your browser doesn’t support HTML5
Xalqaro Valyuta fondi nazarida, Mirziyoyev ma'muriyati to'g'ri moliyaviy siyosat olib bormoqda va shu yo'ldan qaytmaslik zarur, jumladan, kamomadni kamaytirish, inflyatsiyani tushirish, milliy moliya bozorini rivojlantirish kabi harakatlar sekinlashmasin.
Moliyaviy barqarorlikni ta'minlash birlamchi maqsad bo'lsin, deya tavsiya qiladi fond.
Buni ham ko'ring "O'rta koridor": Kaspiy dengizi orqali yangi savdo yo'llariTashkilotdan boshqa rekommendatsiyalar: davlat bank tizimini isloh qilish, uning boshqaruvini o'zgartirib, bu banklarning xususiylashishi uchun zamin yaratish; strukturaviy islohotlarni to'xtatmaslik va davlatning iqtisoddagi rolini kamaytirib borish; ish o'rinlari yaratilishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish; sog'lom raqobat va xilma-xillik muhitini yaratish; korrupsiyaga qarshi choralarni oshiraverish, qonun ustuvorligini ta'minlash; tizim xalqaro me'yorlarga javob berishi uchun zarur qadamlar tashlash.
O'zbekiston hukumati XVJ bilan aloqa konstruktiv ekanini bildirib, uning maslahatlariga rioya qilishini eslatib turadi. Tanqidchilar fikricha esa fond qayd etayotgan o'zgarishlar asosan qog'ozda, amalda iqtisodiy ahvol aholining katta qismi uchun o'ta og'ir.
Tirikchilik uchun chetga ketayotganlar oqimi hamon keng. Vatanda iqtisodiy kelajagini ko'ra oladiganlar oz, deydi XVJ hisobot va bayonotlariga jiddiy qaramasligini aytadigan o'zbekistonliklar.
Fond esa berayotgan ma'lumotlar tasdiqlanganini ta'kidlab, ularni ishonchli axborot deb biladi.