Dunyo boʻylab bu yil 60 dan ortiq mamlakatda saylovlar oʻtkazilmoqda. Turli shaxslar va guruhlar siyosiy jarayonlarga oid noto’g’ri ma’lumotlarni tarqatish uchun soxta surat va videolardan keng foydalanmoqda. Dezinformatsiya ishiga hatto terrorchilar ham qo’l urmoqda.
“Al-Qoida”ga aloqador “Jamia Islomiya” terror tarmog'ining vafot etgan a'zolari generativ sun'iy intellekt yordamida qayta “tirilmoqda”.
“TikTok”ga yuklangan videolardan birida Indoneziyadagi qator hujumlarni, jumladan 2002-yilda 200 dan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lgan Bali kurort orolidagi portlashlarni uyushtirgan malayziyalik Azahari Husin shaxsi aks etgan.
2023-yilda eʼlon qilingan bu soxta videoda Azahari oʻz qilmishlari bilan maqtangan va video 120 mingta “layk” toʻplagan.
Yana bir soxta videoda 2009-yilda Jakartadagi ikkita mehmonxonani portlatgan xudkush bombachi Nuriddin Muhammad tasvirlangan. Uning videosi 90 ming “layk” yig’gan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu videolar guruhlarga odam yollash maqsadida ishlatilmoqda.
“Ko'pchiligimiz o'lganini biladigan, lekin boshqalar bilmaydigan ekstremistlardan foydalanishyapti. Bu, menimcha, tomoshabinlarga qandaydir psixologik ta'sir ko'rsatish uchun qilinadi. Yoki odamlar voqea haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishni xohlaydi va hatto ekstremistlarga moyilligi oshishi mumkin”, - deydi Oklaxoma davlat universiteti eksperti Nurianti Jalli.
Ekstremistik tashviqotni tarqatish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yangilik emas. "Islomiy davlat" guruhi Iroq va Suriyada kengayishi davomida o'z xabarlarini tarqatish uchun “YouTube” va messenjerlardan foydalangan.
Buni ham ko'ring AQSh: Sun'iy intellekt saylovga favqulodda ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga hali ega emasIndoneziya Axborot vazirligi 2008-yilda dezinformatsiya va radikallashtiruvchi tashviqot tarqalishiga qarshi kurashish uchun dezinformatsiyani jinoyat deb hisoblaydigan Elektron tranzaksiya qonunini qabul qilgan.
Indoneziya hukumati 2023-yilning iyunidan 2024-yilning martigacha bo‘lgan davrda “terrorizm va radikalizm” unsurlarini o‘z ichiga olgan 5731 dan ortiq post o‘chirilganini ma’lum qildi.
Ammo bu kabi qonunlar so'z erkinligiga ta'sir qilishi mumkin, deydi Xalqaro notijorat huquqi markazining katta yuridik maslahatchisi Zakeri Lampell.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa mintaqaviy organlarning bir qancha maxsus ma'ruzachilari yolg'on ma'lumotlarning tarqalishini taqiqlovchi qonun inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlarga mos kelmasligini juda aniq ta’kidlagan. Bu so‘z erkinligini buzadi”, - deydi u.
Lampellning aytishicha, rasmiylar nutqni emas, texnologiyani cheklashi kerak. Kaliforniyadagi botlardan foydalanish to'g'risidagi qonun bunga yaxshi misol, deydi u.
Buni ham ko'ring Kremlga aloqador manbalar AQSh rasmiylari aks etgan soxta videolarni tarqatmoqda“Bu odamlar va tashkilotlarga botlardan zararli maqsadlarda foydalanishni taqiqlaydi. Agar siz dezinformatsiya tarqalishining oldini olishga harakat qilsangiz, buning botlar orqali amalga oshishini xohlamaysiz”, - deydi ekspert.
Ammo yangi va cheklovchi qonunlar bilan ham g’arazli ma'lumotlar oqimini to'xtatish tobora qiyinlashmoqda.
"Biz muntazam dezinformatsiya va noto'g'ri ma'lumotlar hujumiga uchrashda davom etamiz", - deydi Lampell.
Hukumatlar esa bunga qarshi kurashishning innovatsion usullarini topishi kerak.