Turkiyada o’tgan parlament saylovlarida hokimiyatdagi "Adolat va Taraqqiyot", qisqacha AK partiyasi, katta farq bilan g’alaba qozonib, yakka partiyali hukumat tuzish imkoniyatini qo’lga kiritdi.
Bosh vazir Rajab Toyib Erdog'an rahbarligidagi AK partiya 550 o’rinli oliy majlisda 340, raqib Jumhuriyat Xalq Partiyasi 112, Milliy Harakat Partiyasi esa 71 o’ringa ega bo’ldi. Shuningdek, mustaqil nomzodlardan 27 vakil deputatlik mandatini qo’lga kiritgan.
Bosh vazir Erdog'an xalqni milliy birlikka chorlagan va ushbu saylovlar mamlakatda demokratyani yanada mustahkamlashini aytgan.
Yangi parlament oldidagi ilk vazifa - prezidentni tanlash. AK partiya yirik g’alabaga erishganiga qaramay, parlamentdagi deputatlar soni prezidentni saylash uchun yetarli emas.
Saylov yakunlari rasman e’lon qilinganidan keyin 30 kun ichida parlament prezidentni tanlashi kerak. Aks holda yangi saylovlar o’tkaziladi.
"Adolat va Taraqqiyot" partiyasining Istanbul viloyati nomzodlari orasida o’zbek millatiga mansub iqtisodchi professor Solih Aynural ham bor edi. Bir u parlamentga saylanish uchun yetarli ovoz olmagan.