Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev krizis sharoitida rasmiylarni tejamkorlikka, ortiqcha xarajat qilmasdan, kamsuqumroq bo’lishga undamoqda.
1989 yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan Nazarboyevning aytishicha, moliyaviy tanglik mamlakatni ham chetlab o’tgani yo’q.
“Boshqa joylarda odamlar kamroq mashina haydab, yonilg’ini tejayotgan payt, Qozog’istonda ba’zilar Xammerlarda uribdi. Uyat qolmadi ularda. Buni tugatish kerak” deydi Nazarboyev.
Qozog’iston yillar davomida neft narxi oshganidan daromad qilib, o’zini tiklab, mintaqaning yetakchi davlatiga aylangan. Biroq iqtisodiy tanglik va yonilg’I narxi tushishi natijasida o’sish pasaygan.
Davlatmand qatlam va oyligi o’rtacha 400 dollar bo’lgan oddiy aholi orasida ziddiyat paydo bo’lgan. Kambag’al va boy aholi o’rtasida farq yil-sayin oshib bormoqda.
Poytaxt Almatida odamlar namoyishga chiqib, hukumatni nobop iqtisodiy siyosatda tanqid qilgan.
Prezident suv va energiyani tejashga chaqirar ekan, “odamlarni toza ichimlik suvini ayab ishlatishga majbur qilish kerak; bu – nodir boylik ekanini tushunib yetishsin”, deydi prezident Nazarboyev.