AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha bosh diplomati Richard Boucher Tojikistonga safar qilib, Afg’onistonga bu davlat orqali no-harbiy yuk tashish borasida kelishuv imzolagan.
"Tranzit yo’li ikki oy ichida ochiladi,"- deydi Boucher.
O’tgan hafta diplomat Turkmaniston hukumati bilan ham shu singari hamkorlik haqida gaplashgan.
O’zbekiston va Rossiya ham AQShga yordam berishga shay ekanini bildirgan.