Oq Uyga ilk bora qora tanli arbob saylangani, qolaversa AQShda hukumat o'zgarayotgani siz uchun qanday ahamiyatga ega?
Saylovni Amerikada kuzatgan o’zbekistonliklar, qolaversa Markaziy Osiyoning boshqa qismlaridan kelgan vakillar bu mamlakat fuqarolari vatanparvar, erkin fikrlaydigan, soddadil va kelajakka umid bilan qaraydigan xalq ekan deydi.
"Xalqning ishonchi - Amerikaning eng muhim boyligi. Davlat hozir qiyin ahvolda, inqiroz ketayapti. Lekin, qarangki, xalq shu paytda o'z davlati bilan. Davlat tizimiga ishonayapti. Xalq nihoyatda faol. Hamma narsa ochiq va oydin",- deydi kuzatuvchi. “O’zbekistonda xalq hukumatga ishonmaydi, ishona olmaydi ham”.
Qo'shma Shtatlar Markaziy Osiyoning har bir davlati bilan o'zaro xohish va idoradaga qarab munosabat yuritayotganini, aloqalar zaminida iqtisodiy taraqqiyot, erkinlik va xavfsizlik kabi strategik maqsadlar yotishini ta'kidlab keladi. Amerika diplomatlari rishtalar murakkab ekanini, har bir respublika bilan o'ziga yarasha kelishmovchilik va hamfikrlik mavjud ekanini aytadi.
Tojikistonning “Xovar”
axborot agentligi muxbiri Murodali Umarov nazarida so’nggi saylovlar Amerikada haqiqiy
demokratiya hukmron ekanini isbotladi.
Barak Obama, deydi jurnalist, AQSh davlatchiligining asosi bo'lmish erkinlik, tenglik va demokratiya tushunchalari targ’ibotiga urg’u berishi tayin. "AQSh hamisha shunday yo’l tutib kelgan",- deydi Umarov.
"Obama O’rta Osiyoda avvalgi prezidentlarning siyosatini davom ettiradi. Balki ko’proq vaqt va kuch sarflar. O’tgan administratsiyalar haqiqatdan ham O’rta Osiyoda ko’p ish qildi”,- deydi Murodali Umarov, Sovet Ittifoqi bo’linganidan beri olib borilgan siyosatga ishora qilib.
“Masalan, Jorj Bush, Bill Klinton va mana bugungi prezidenti Jorj Bush juda katta xizmat qildi. Menimcha,Obama davrida mintaqaga demokratiya sohasida yordam davom etadi va munosabatlar yanadarivojlanadi”.
“Barak Obamaning yutishi inqilobdek tuyuldi menga.Butun dunyoda demokratiyaning o’ziga xos g’alabasi deyish mumkin. Barak Obama O’zbekiston bilan, demokratik nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, munosabatlar o’rnatadi. Agar O’zbekiston bilan demokratik nuqtai nazardan muloqot boshlanadigan bo’lsa, unda albatta O’zbekistonda ijobiy natijalarga erishish mumkin.Barak Obama o’zini demokrat deb bilgan tomonlarni, siyosiy muxolifatni va demokratik fikrlovchilarni qo’llab-quvvatlaydi.
Muxolifatdagi “Ozod Dehqonlar” Partiyasi vakili Bahodir Namozov fikricha, AQShda Barak Obamadek yangi avlod vakili hokimiyatga kelishi tub siyosiy burilish.
Ammo, deydi u, O’zbekiston bu davlat bilan yaqindan ishlamoqchi bo’lsa, bu respublikada ham siyosiy o’zgarishlar bo’lishi kerak.
“Hamma narsa O’zbekistondagi hukmron doiralarga bog’liq. Mening nazarimda O’zbekiston hukumati faqat o’zining shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda munosabat o’rnatadi”.
Markaziy Osiyo xalqlari, jahonning boshqa elatlari kabi, Barak Obamaning saylanishini chuqur hayajon, quvonch va umid bilan kutib olgan. Biroq hukumatlar ancha o’ylanib qolgan, deydi qirg’izistonlik tahlilchi, hozirda Vashingtonda tadqiqot ishlari olib borayotgan Alisher Hamidov.
"Poytaxtlarda, jumladan Bishkekda, Toshkentda, qolaversa Ostonada Amerikadagi saylovlarga ehtiyotkorlik bilan nazar tashlashmoqda. Sababi shuki Makkeyn agressiv, qattiqqo'l respublikachi singari ish tutadigan odam edi",- deydi Hamidov.
"Lekin demokratlarning bir xususiyati borki, ular inson huquqlari va demokratiya masalalarini, respublikachilardan ko'ra ko'proq olg'a surib kelgan. Bu narsa bizning avtoritar rahbarlarimizni o'yga solayapti deb o'ylayman",- deya qayd etadi u.
Barak Obama saylov ketidan Chikagoda yig'ilgan 100 mingdan oshiq odam oldida gapirar ekan, dunyo ahliga ham murojaat qildi:
Alisher Hamidov ta’biricha AQShning chet eldagi nufuzini tiklashga bel bog’lagan Barak Obama har bir davlat bilan alohida, ohista muloqot qiladi. Agressiv, keskin qadamlar tashlanmaydi, deydi Alisher Hamidov.
Barak Obama hozir o’z ma’muriyatiga a'zolar tanlash bilan band.
Tashqi siyosat uchun mas’ul - davlat kotibi kim bo’lishi hozircha noma’lum, ammo lavozimga nomzodlar orasida tajribali diplomat va arboblar bor.
Jumladan, demokrat senaor Jon Kerri, respublikachi senator Richard Lugar, AQShning BMTdagi sobiq elchilari - Bill Richardson va Richard Xolbruk.Ularning hammasi Markaziy Osiyodai vaziyat bilan tanish va mintaqaga ko’p marta safar qilgan.
Kerri va Lugar Senatningxalqaro masalalar bo’yicha qo’mitasining
keksa a’zolari. Lugar raqib partiyadan bo’lsa-da, Barak Obama u bilan Senatda
yaqindan ishlagan va uni yaqin maslakdoshi deb biladi. Davlat kotibi kim
bo’lishidan qat’iy nazar Lugar AQShning O’zbekiston va qo’shni davlatlarga
nisbatan siyosatida muhim rol o’ynaydi.