Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, Afg’onistonda korrupsiya ko’lami oshib, bu mamlakatga va’da qilingan ko’makning to’rtdan bir qismiga tenglashgan.
Hukumat rasmiylari esa bu illatga qarshi qattiq kurash ketayotganini qayd etadi.
BMT o’tkazgan so’rovlar shuni ko’rsatmoqdaki, o’tgan yili Afg’onistonda aholining yarmi kamida bir mulozimga pora bergan. Korrupsiya ko’lami 40 foizga oshib, qariyb to’rt milliard dollarga yetdi.
Bu degani, qashshoq qatlamning oddiy xizmatlardan foydalanishi yanada qiyinlashgan.
BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasi vakili Jan-Lyuk Lemaxyuning bildirishicha, 2012-yilda rasmiylarga berilgan pora miqdori byudjet daromadidan ikki baravar ko’p.
“Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish tizimini ishdan chiqargan va hukumatga bo’lgan ishonchni yemirgan eng katta muammo bu - korrupsiya. Buni hamma tan oladi”, - deydi u.
Lemaxyuning qayd etishicha, e’lon qilingan raqamlar hali yuqori doiralarda bo’layotgan oldi-berdini hisobga olmaydi.
BMT korrupsiya deganda poraxo’rlik, yulg’ichlik, lavozimni suiiste’mol qilish, oshna-og’aynigarchilik kabi illatlarni nazarda tutadi. Hukumatning eng yuqori doiralaridan tortib quyi organlargacha.
Afg’onistonning, xususan, maorif va ta’lim tizimida ahvol ayanchli. So’rovda qatnashganlarning yarmidan ko’pi o’tgan yili muallimlarga pora berganini aytadi.
Ammo korrupsiyaga qarshi kurash idorasi rahbari Muhammad Rafi Aminga ko’ra, hukumat qo’l qovushtirib o’tirgani yo’q.
“So’rovda poraxo’rlik avj olgan va kamaygan sohalar ko’rsatilgan. 2009-yil bilan qiyoslaganda hatto to’qqiz foizga kamaygan. Bu ijobiy yangilik”, - deydi rasmiy.
O’tgan oy “Transparency International” tashkiloti korrupsiya eng chuqur ildiz otgan jamiyatlar ro’yxatini e’lon qildi. Afg’oniston, Birma, Shimoliy Koreya, Somali, Iroq, Sudan, Turkmaniston va O’zbekiston undan joy olgan.
Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay nazarida poraxo’rlik avj olganida xalqaro hamjamiyatning ham aybi bor. Afg’on rasmiylari cho’ntagini pul bilan to’ldirayotganlar asosan xorijiy kontraktorlar, deydi u.
Tadqiqotchi Tomas Rutig yuqoridagi fikrga qo’shiladi. Afg’onistonga kirayotgan moliyaviy yordam ustidan nazorat sust, deydi u.
“Lekin ayb faqat pora berayotganlarda emas, olayotganlar, ya’ni afg’onlar ham mas’uliyatni his etishi kerak”.
Katta minbarlardan turib korrupsiya haqida ko’p gapiriladi, biroq aslida xalqaro hamjamiyat Afg’onistondagi bu muammoga ko’z yumib kelayapti, deydi suhbatdosh.
“Haqiqat shuki, G’arb uchun Tolibonga qarshi kurashayotgan guruhlar bilan ittifoqchilik rishtalarini saqlab qolish muhimroq. Bu guruhlar boshqa sohalarda nimalar qilayotgani, xalqni ezayotgani bilan hech kimning ishi yo’q”, - deydi olim.
BMT so’rovida afg’onlar korrupsiyani xavfsizlikdan keyin ikkinchi eng dolzarb muammo deb ta’riflaydi.
Your browser doesn’t support HTML5