Qayta saylanishga bel bog’lagan prezident Barak Obama va uning respublikachi raqibi Mitt Romni bir mavzu bo’yicha hamfikr: AQSh 2014-yilda Afg’onistonni tark etadi, kelajak afg’onlarning o’z qo’lida.
Xo’sh, saylovchilarni bu mavzu qanchalik qiziqtiradi?
To’rt yil oldin, Afg’oniston urushi prezident saylovlarida muhim mavzulardan biri edi. O’shanda senator Obama hatto Kobulga safar qilgan.
“2011-yil terror xurujlaridan keyin Afg’onistonda urush boshlab, uni tugatmaslik strategik xato bo’lgan”, - degan edi o’shanda Obama.
Bugungi ommaviy so’rovlar natijasiga qaraydigan bo’lsak, AQSh tarixidagi eng uzoq urush saylovchilarni qiziqtirmay qo’ygan. Iqtisod eng muhim masala.
Vashingtondagi CATO instituti olimasi Malu Innosent fikricha, buning hech ajablanarli joyi yo’q.
“Amerikaliklar urushlardan shunchalik charchab ketdiki, hozir xorijda nimalar bo’layotgani ularga baribir”, - deydi u.
O’n yillik urushda minglab askar halok bo’ldi va mayib bo’lib qaytdi. Milliardlab dollar pul sarflandi. Nima uchun, deb so’ramoqda amerikaliklar.
Ommaviy so’rovlar natijasiga ko’ra, aholining yarmi zobitlar Afg’onistondan tezroq qaytishini istaydi.
Tashqi siyosat haqida bahslashganda, prezident Obama va Mitt Romni Afg’oniston borasida bir xil gapni aytishdi.
“Bu mamlakatni bosqichma-bosqich, mas’uliyat bilan tark etamiz. Afg’oniston kelajagi bu xalqning o’ziga bog’liq”, - deydi prezident.
“Bizga Iroqdagi kabi, Afg’onistondagi kabi yana bir mojaroga bosh suqishning keragi yo’q”, - deydi Mitt Romni.
Siyosatshunos Robert Gattman fikricha, nomzodlar xalq kayfiyatiga qarab qapiryapti. “Pozitsiyalar bir xil”, deydi u.
Tahlilchilar deydiki, Afg’oniston o’zini boshqarishga hali tayyor emas. 2014-yilda NATO qo’shinlari ketgach ahvol bundan besh-badtar bo’lishi mumkin. Lekin olima Malu Innosent nazarida, Amerika xalqini bu uncha qiziqtirmaydi. Omma kayfiyati o’zgaruvchan, Iroq urushi paytida ham shunday edi, deydi u.
“Iroqdagi urushni avvaliga “zarur edi” deyishdi, keyinchalik “unutilgan urush”ga aylandi”.
Ayni damda AQShning Afg’onistonda 68 ming qo’shini bor. Vashington va Kobul 2024-yilgacha iqtisodiy-harbiy yordamni davom ettirish haqida muzokara qilmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5