Afg’onistondagi hujumda ayol, bola, NATO askarlari o’ldi

  • Amerika Ovozi

Bugun Afg’onistonning aksariyat viloyatlari mahalliy armiya zimmasiga topshirib bo’lingan. 130 000 kishilik xorijiy qo’shinlar 2014-yil oxirigacha mamlakatni tark etishi kerak

NATO Afg’oniston sharqidagi raketa hujumida ikki askaridan ayrilganini aytmoqda. Kunor viloyatida amalga oshirilgan bu xurujda alyansning yana olti zobiti jarohatlangan.

Yil boshidan beri mamlakatda koalitsiya 154 askarini yo’qotdi. Bugun, shuningdek, Kunordagi yana bir raketa hujumi ayol va bolani hayotdan olib ketgan. Olti fuqaro jarohatlangani ma’lum.

Kecha Afg’onistonning Faroh viloyatida politsiya formasini kiyib olgan odamlar hukumat binosiga bostirib kirib, portlash va otishmalar uyushtirgan edi. Voqea yetti fuqaroning yostig’ini quritdi.

Bahorda kunlar isib, toliblar oy boshida hujumlar ko’lamini oshirishini bildirgan edi.

Bugun Afg’onistonning aksariyat viloyatlari mahalliy armiya zimmasiga topshirib bo’lingan. 130 000 kishilik xorijiy qo’shinlar 2014-yil oxirigacha mamlakatni tark etishi kerak.

Afg’oniston rahbari Hamid Karzay va jahon hamjamiyati yetakchilari kelayotgan yakshanba Amerikaning Chikago shahrida yig’ilib, koalitsiyani olib chiqib, urushdan toliqqan davlatni oyoqqa turg’azish rejasini batafsil muhokama qiladi.