Afg’onistonda tinchlik kengashi raisi, o’g’li o’ldirib ketildi

  • Amerika Ovozi

O’tgan yili suiqasd xurujida Oliy Tinchlik Kengashi rahbari, sobiq prezident Burhoniddin Rabboniy halok bo’lgan edi

Afg’oniston rasmiylarining aytishicha, sharqdagi Kunor viloyatida bir kishi o’zini portlatib, tinchlik kengashi raisi Muhammad Hoshim Munib va uning o’g’lini o’ldirgan.

Ular juma namozidan keyin uyiga ketayotgan payt hujumga uchrab, yana bir odam jarohat olgan.

Tinchlik kengashining vazifasi Tolibonni muzokaraga, qurolni tashlashga va 10 yillik urushga yakun yasashga ko’ndirishdir.

O’tgan yili suiqasd xurujida Oliy Tinchlik Kengashi rahbari, sobiq prezident Burhoniddin Rabboniy halok bo’lgan, voqea xalqaro koalitsiya mamlakatga kirganidan beri eng ko’ngilsiz, mash’umi sanab kelinadi.

Afg’oniston janubida bugun NATO neft tankeri halokatga uchrab, yetti kishi nobud bo’lgan. Panjvayi tuman politsiyasi so’zlariga ko’ra, yuk mashinasi ag’darilib, alanga olgan.

Bugun, shuningdek, janubdagi xurujda xalqaro alyans bir askarini yo’qotgan. Sharqda jangarilar yana bir xorijlik askarni o’ldirgan.