Prezident Islom Karimov Konstitutsiya kuni qilgan ma’ruzasida Afg’oniston va xavfsizlik masalasini tilga oldi. Uning aytishicha, Afg’onistonda barcha etnik guruhlarni qamrovchi koalitsion hukumat tuzilmas ekan, vaziyat tinchlanmaydi. Bu hukumatni shakllantirish uchun Karimov bir necha yil avval ko’targan tashabbusini yana eslatdi.
“Vujudga kelayotgan vaziyatda voqealarning salbiy rivojlanishining oldini olish uchun anchadan buyon muhokama etilayotgan eng ma’qul variant bu - BMT rahnamoligida Afg’oniston qo’shnilari, NATO va Rossiya ishtirokida muloqot guruhini shakllantirishdir”, - dedi Karimov.
Guruhning bosh maqsadi, deydi prezident, Afg’onistonda ittifoqona hukumat yaratish. Undan asosiy etnik va diniy guruhlar o’rin olishi zarur.
Karimov bu tashabbusga xalqaro hamjamiyat e’tibor bermaganini e’tirof etarkan, hozir bu taklif ahamiyati yanada dolzarb tus olgan, dedi.
“Biz bilishimiz kerak qo’shnimiz kim bo’lishini, u yerda kim siyosat yuritishini”, - deydi prezident.
AQSh, NATO va Rossiya bu tashabbusga jiddiy munosabat bildirmagan. Tahlilchilar esa samara kutmaydi.
Afg’onistonda o’zbeklar yirik etnik jamoalardan biri. Parlamentda bir necha o’zbek deputati bor. Shimoliy viloyatlarda o’zbek tili rasmiy maqomga ega.
Bu elat vakillarining aytishicha, shimol va janub o’rtasidagi ijtimoiy-madaniy farq juda katta, asosan, pashtulardan iborat hukumatda millatchilik siyosati kuchaygan, etnik huquqlar toptalishda davom etmoqda.
“Shu paytgacha biz istibdod ostida ekanmiz, bundan buyog’iga o’z siyosiy, iqtisodiy, madaniy huquqlarimizga ega bo’lishni xohlaymiz. Biz boshqalardan, pashtular yoki tojik birodarlarimizdan ko’ra ko’proq narsa istayotganimiz yo’q, tenglikni istayapmiz. Albatta, turkiylardan bo’lgan hazora qardoshlarimizni unutmayammiz. Biz Afg’onistonda hamma qavmlar teng huquqli yashashini talab qilayapmiz. Shovinizmga ijozat berilishi kerak emas”, - deydi Afg’oniston turkiylari madaniy federatsiyasi prezidenti Akbar Faryobiy.
O’zbekiston hukumatining Afg’onistondagi o’zbeklar bilan munosabatida aniq siyosat yo’q.
Toliblar hukmron davrda O’zbekiston xavfsizligini himoya qilishda shimoldagi o’zbeklarga suyanilgan.
Toliblar hukumatdan ag’darilgach, bu aloqa to’xtadi. Hukumat darajasida ham, jamoat tashkilotlari darajasida ham milliy-madaniy rishtalarni ushlab turuvchi biror dastur yo’lga qo’yilmadi.
“O’zbeklarga el bo’lish, madaniyat orqali birlashish quvvat bo’lishi mumkin. Bugun O’zbekistonning imkoniyati katta. Turli unversitetlari bor, lekin shunday imkoniyati bo’lgan bir paytda Afg’onistondagi o’zbeklar o’z tilida o’qiy olmasa, ular pashtu yoki tojik tilida o’qiyotgan bo’lsa, bunday imkoniaytdan kimga foyda? Yoki O’zbekiston hukumati bundan manfaatdormi”? - deydi afg'onistonlik o’zbek Turdiqul Maymanagiy.
Your browser doesn’t support HTML5