Uzoqni o’ylagan tadbirkor Afrikaga sarmoya kiritadi

  • Amerika Ovozi

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi ma’lumotlariga ko’ra, 2010 yilda Xitoy Afrikaga 54 milliard dollarga teng mahsulot eksport qilgan. AQShniki esa 21 milliard dollar xolos.

Amerikalik mutaxassislar nazarida yirik kompaniyalar Afrikada ulkan imkoniyatlarni boy bermoqda. Sarmoya kiritsa arzigulik sohalar juda ko’p, deydi ekspertlar.

“Kashf etilishini kutib yotgan minglab bozorlar, jadal rivojlanishga tayyor Afrika qit’asi…”

Bu oktabr oyida Vashingtonda bo’lib o’tadigan AQSh-Afrika biznes forumi reklamasi.

Luiziana shtatida joylashgan DSC Dredge kompaniyasi Nigeriya bilan hamkorlik qiladi. Yaqinda bu davlat poytaxti Lagosda vakolatxona ochadi.

Afrika bo’yicha ekspert Piter Fem “Afrikaga sarmoya kiritayotgan bizneslar uzoqni ko’zlab ish yuritayapti”, deydi.

“Afrika ularga eshiklarini ochgan. Qit’a – daromad manbai”, - deydi mutaxassis.

Tez orada Afrika mamlakatlari iqtisodi yiliga 6-7 foizga o’sa boshlashi kutilmoqda.

Yaqinda neft zaxiralari topilgan Gana esa yiliga hatto 14 foizga o’sishi mumkin.

So’nggi yillarda Xitoy kompaniyalari Afrikaga katta hajmda sarmoyalar olib kirmoqda.

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi ma’lumotlariga ko’ra, 2010 yilda Xitoy Afrikaga 54 milliard dollarga teng mahsulot eksport qilgan. AQShniki esa 21 milliard dollar xolos.

Coca-Cola - Amerikaning Afrikadagi eng faol kompaniyasi.

Uzoqni o’ylagan tadbirkor Afrikaga sarmoya kiritadi

Bu qit’aga oxirgi yillarda sarmoya olib kirganlar orasida Microsoft, IBM, Google, Procter and Gamble, General Electric, Boeing, Harley-Davidson, Wal-Mart, Caterpillar va boshqalar bor. Ular safiga neft va gaz sohasida faoliyat yuritadigan shirkatlar ham qo’shilmoqda.

AQShning Afrikadagi sobiq elchisi Deyvid Shin kichik va o’rta bizneslar ham imkoniyatlardan foydalanib qolsin, deydi.

“Buning bir yo’li Davlat kotibi, Tijorat vaziri yoki hatto prezident boshchiligida yirik anjuman o’tkazib, Amerika xususiy sektorini ham Afrikaga sarmoya kiritishga chorlash va ularni qo’llab-quvvatlashdir”, - deydi u.

Ekspert Piter Fem fikricha esa Afrikani yaxshi bilmaslik tadbirkorlarga pand bermoqda:

“Afrikaga oid xabarlar odatda fojealar, gumanitar yoki tabiiy ofatlar haqida bo’ladi, iqtisodiy imkoniyatlar va daromad manbalari xususida emas”.