Dunyo bo’ylab VICh va SPIDga chalinayotganlar soni kamaymoqda. Biroq ayrim mintaqalar, xususan Markaziy Osiyoda shuning teskarisi - bemorlar soni ko’paymoqda, deyiladi BMTning SPID bo’yicha maxsus agentligi chiqargan hisobotda.
Bugun jahon bo’ylab VICh va SPID virusi bilan yashayotganlar soni 34 millionni tashkil etadi. Ularning 70 foizi Afrikada. Bu mudhish reytingda keyingi o’rinlarni Karib dengizi mintaqasi, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo egallaydi.
BMTning SPID bo’yicha maxsus agentligi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi vaziyatdan ham jiddiy xavotir bildiradi. Bu mintaqada bemorlar soni azaldan past bo’lgan. Biroq so’nggi paytda vaziyat keskin o’zgardi: 2001-yildan buyon virusni yuqtirganlar 35 foizga oshdi.
BMT rasmiysi Bernard Shvartlanderning aytishicha, dunyo miqyosida olib qaraganda yangi bemorlar soni kamaygan va yiliga 2,5 million odamni tashkil etadi.
“Bugungi vaziyatni 2001-yil bilan qiyoslaylik. 25 mamlakatda yangi bemorlar 50 foizga kamaygan. Bu mamlakatlarning 13 tasi Afrikada joylashgan. Masalan, Malavida pasayish sur’ati 73 foiz, Bostvanada 71 foizga teng. Bu juda yaxshi ko’rsatkich”, - deydi rasmiy.
Kasallikning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlar mahsuli bu.
Ayni vaqtda VICh va SPIDdan davolanayotganlar soni ham oshayapti. Masalan, Afrikada 60 foizga, Xitoyda 50 foizga oshgani ijobiy hol. Virusni yuqtirgan onalar davolanayotgani sababli ulardan sog’lom bolalar tug’ilyapti, deya qo’shadi BMT rasmiysi.
Kasallikka qarshi kurashda ortda qolayotganlar - Qozog’iston, Qirg’iziston, Gruziya, Moldova, Bangladesh, Indoneziya, Shri-Lanka, Filippin va Gvineya-Bissau. Bu mamlakatlarda 2001-2011-yillar oralig’ida infeksiyani yuqtirish sur’ati 25 foizdan yuqori bo’lgan.
O’tgan yili SPID va u bilan bog’liq xastaliklar 1,7 million kishini hayotdan olib ketdi. Bu ilgariga qaraganda kamroq.
Ijobiy natijalarga erishganimiz ayon, lekin kasallikni yengdik deyishga hali erta, deydi BMT rasmiysi Bernard Shvartlander.
Asosan jinsiy aloqa orqali yuqadigan bu xavfli virusni to’xtatish uchun harakatlarni jadallashtirish lozim, deydi Mitchell Uorren, SPIDga qarshi kurashib kelayotgan AVAC tashkiloti rahbari.
“Yangi bemorlar soni 50 foizga kamaygani zo’r, albatta. Lekin bu 10 yilda erishilgan yutuq. Epidemiyani batamom yo’q qilish asosiy maqsad”, - deydi u.
Your browser doesn’t support HTML5