Huquq tashkiloti hukumat bilan kurashmoqda, Tojikiston

Yoshlar orasida inson haqlari borasida treninglar o'tkazish Amparoning asosiy ish faoliyatlaridan biri sanaladi.

Trenerlar, Amparo faoli Dilafro'z Samadova hamda Jenevadagi Qurolli kuchlar ustidan demokratik nazorat Markazi (DSAF) eksperti Mindiya Vashakmadze.

Tashkilot ustidan sud mahkamasi, sudyalar maslahat uchun tanaffus e'lon qilgan palla.

Sug'd viloyat harbiy komissariyati binosi darvozasida harbiy safarbarlik davrida mana shunday ko'rinich takrorlanadi, ota-onalar, aka-ukalar jigargoshalarini so'nggi marta ko'rib qolishga urinishadi.

Shahar va nohiyalar istirohat bo'glarida dam olish kunlarida odam savdosiga qarshi o'tkazilgan tadbirlar har doim ana shunday gavjum bo'lgan.

Shahar istirohat bo'gi yo'zgi kinoko'rsatuv pavilionida Amparo huquqiy hujjatli film namoyishidan so'ng yoshlar o'z fikrlarini bildirishmoqda.

O'z huquqingni bil! Qishloq o'rta maktablarida Amparo o'tkzayotgan navbatdagi tadbir ana shunday nomlanadi. Yuqori sinf o'quvchilariga huquqiy bukletlar tarqatilmoqda.

O'rta maktabda yoshlar huquqi borasida o'tkazilayotgan mashg'ulot lahzasi.

Mustaqil SM-1 telekanalida harbiy xizmatchilarga imtiyoz va tovonlar mavzusida o'tkazilgan tok-shou lahzasi.

Men odam savdosiga qarshiman! Amparo o'tkazgan navbatdagi aksiya ana shunday nomlandi.

Maktablarda o'smirlar huquqi mavzusida Amparo o'tkazayotgan tadbirlar o'quvchilargina emas, ularning ota-onalariga ham manzur.

Mahalliy telestudiyalar, hukumat va ichki ishlar boshqarmasi vakillari ishtirokida o'tkazilayotgan navbatdagi tadbir shaharliklarni o'ziga jalb qildi.

Jeneva, BMT qiynoqlarga qarshi qo'mitasi raisi Klaudio Grossman va uning o'ng tomonida Amparo faoli Dilafro'z Samadova.

Amparo seminarlari harbiylar uchun ham qiziqarli

Huquqshunos Dilshod Jo'rayev va Suhrob Sobirovlar navbatdagi loyiha ustida ish olib bormoqda.

Farg'ona vodiysi - tinchlik vodiysi shiori ostida o'tkazilgan qishki tadbirda elektr tanqisligi sabab noutbukdan foydalanildi.

Yetimlar uchun o'tkazilgan "Orzular gullaydi" deb nomlangan tadbirda yosh huquqshunoslar go'daklarga yangi yil oldidan sovg'a hozirlashmoqda.

Yetim va mayib bolalar uchun yangi yil tadbiri o'tkazish va sovg'alar ulashish Amparo o'tkazayotgan xayriya ishlaridan biridir. Amparo faoli etimxonada Qorbobo bo'lib sovg'a ulashmoqda.

Bahorgi harbiy chaqiriq, yoshlarni harbiy xizmatga kuzatishmoqda.

Amparoning resurs Markazi kutubxonasida hozir ham qiziquvchialrni uchratish mumkin.

Amparochilar shahar ko'chlarida vaqt vaqti bilan huquqiy informasion aksiyalr o'tkazib, yoshlarga turli xil varaqalar tarqatishadi.

Amparo tashkil etgan tadbirda Tojikiston hukumatiga muxollif demokratik partiya Sug'd viloyat bo'limi raisi Fayzullo Fayziev o'z noroziligini bildirmoqda.

Amparo raisi, yosh huquqshunos Dilrabo Samadova So'g'd viloyat o'zbeklar ma'naviyat va ma'rifat markazi uchun huquqiy kitoblar ajratdi.

Amparo poytaxt Dushanbeda respublika qonunchiligi mavzusida mana shunday katta tadbir o'tkazdiki, unda obro'li xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etishdi.

Amparo ofisida yoshlarga tekin internet, kompyuter kusrlariga o'qitish yo'lga qo'yilgan. Ayni damda tshkilotni tugatish prosessi borayotganligi uchun bu xonada o'smirlar oz.

Amparo ofisida yosh rassomlar va fotograflar ko'rgazmasi

Amparo maktab o'quvchilari orasida vatanparvarlik mavzusida o'tkazgan yosh rassomlar ko'rgazmasi

Amparo huquqshunosi Dilshod Jo'rayev mahalliy radioda eshittirish olib bormoqda

Amparo himoyachisi, poytaxtdan tashrif buyurgan oqlovchining da'vogar bilan bahslashuvi jurnalistlar uchun yangi manba hisoblanadi.

Amparo faollari Tojikistonda inson huquqlari mavzusida siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlari va jurnalistlar bilan diksussion klub o'tkazmoqda.

Amparo faollari nohiyalarga chiqishganda velosipeddan foydalanishadi, ham salomatlikkka foyda, ham tejamkorlik.

Amparo faoli sud mahkamasi davomida mahalliy mustaqil telestudiyalarga sharh bermoqda.

2012-yilning noyabri, Xo'jand shahar sudi binosi oldida da'vogar vazirlik vakili mustaqil jurnalistlar bilan suhbatlashmoqda.