Nufuzli huquq tashkiloti: Dunyo Andijon fojiasini unutmagan

  • Amerika Ovozi

Andijon fojiasi... Haqiqatni kim biladi?

Andijon fojiasiga 10 yil to'lar ekan, AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqa hukumatlar O'zbekistonda inson huquqlari bilan bog'liq og'ir vaziyatga e'tiborni oshirishi lozim, deyiladi "Human Rights Watch" tashkilotining bugun e'lon qilgan yangi videosida. Tashkilot bayonotini mana bu yerda o'zbek tilida o'qish mumkin.

2005-yilning 13-mayida hukumat kuchlari Andijonga tinch namoyishga chiqqan minglab odamlarga qarata o't ochgan. Odamlar yo'qsillik, ishsizlik, hukumatdagi qonunbuzarliklardan shikoyat qilib ko'chalarga chiqqan edi.

O'zbekiston ahli hali ham qo'rquv changalida yashaydi, deydi Stiv Sverdlov, "Human Rights Watch" tashkilotining Markaziy Osiyo bo'yicha tadqiqotchisi. Haddi sig'ib og'iz ochgani uchungina otib tashlanishi mumkinligini biladi ular, deydi Sverdlov.

O'sha kuni qurollangan odamlar diniy ekstremizm ayblovi bilan qamalgan 23 nafar mahalliy biznesmenni qamoqdan ozod qilib, mahalliy hukumat binolarini egallab olgan. Minglab fuqarolar Andijon markaziga yig'ilar ekan, armiya, snayperlar ularni yoppasiga ota boshlagan. Natijada yuzlab odamlar nobud bo'lgan. Hukumat esa o'lganlar 187 kishi edi, xolos, deydi.

Rasmiylarning ta'kidlashicha, shulardan 60 nafarini qurollangan kishilar otgan. Qolgani esa armiya qo'lida o'lgan.

O'tgan o'n yilda, deya yozadi "Human Rights Watch" O'zbekiston har qanday mustaqil tekshiruvga tobora yopilib borayapti. Bir necha faol, inson huquqlari himoyachilari va jurnalistlar qamoqda yoki mamlakatni tark etishga majbur bo'lgan. Hukumat mustaqil nodavlat tashkilotlarini siqib chiqargan.

2015-yilning boshida "Human Rights Watch" chetga qochgan ko'plab o'zbeklar bilan suhbat qilar ekan, bu odamlar Andijon haqida ochiq gapirishdan hayiqishini, vatanda qolayotgan oilalasi taqdiridan xavotirlanishini bot-bot ta'kidlagan.