Markaziy Osiyoda kino sanoati eng barqaror mamlakat – O’zbekiston. Mahsulot g’oya, artistlar mahorati, san’at jihatidan bo’sh bo’lsa-da, yengil, ko’p va Bollivudcha ekani bilan yutib ketayapti.
Qozog’iston va Qirg’iziston filmlari esa festivalbop ekani hisobiga ekranlardan tushmayapti. Poytaxtdagi Jorj Vashington Universitetida kuni-kecha ana shu mavzular ko’tarildi.
Piter Rollberg (Peter Rollberg, GWU) film sohasini chuqur o’rgangan mutaxassis. Jorj Vashington Universiteti professori nazarida Markaziy Osiyo kinematografi haqida gapirganda sovetlarni eslamay iloj yo’q:
“Sovet madaniyati bu davlatlarda zamonaviy kinematograf yuzaga kelishiga yordam berdi. Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan keyin rus film sanoati Qozog’istonga, Almatiga ko’chib o’tgan va uch yilcha soha ustalari, jumladan, Eyzenshteyn, Pudovkin, Dovjenko o’sha yerda ijod qilgan. Bu Qozog’iston kinematografida iz qoldirgani shubhasiz. Uzoq yillar davomida rus ustalar qaysidir ma’noda avtoritet, shafe rolini o’tagan bu mintaqada. Ular mahalliy kadrlar orasida o’z bilimi va tajribasi bilan o’rtoqlashgan”.
Qo’shni O’zbekiston ham shu jarayondan o’tgan. Nabi G’aniyev, Komil Yormatovlar 1930-yillarda mintaqaning ikki eng taniqli rejissyorlari edi, deydi kinoshunos professor Maykl Rouland (Michael Rouland):
“Ikkinchi jahon urushidan keyin ular yordamchi vazifasiga, orqa planga o’tib qoldi. Chunki sovet kinosining yulduzlari Markaziy Osiyoning ishga yaroqli kinostudiyalarini egallab oldi. Mahalliy talantlar ezib qo’yilgani sir emas. Faqat 1950-yillarga borib ular o’zini tiklaganday bo’ldi, Yormatov o’zining filmlarini ishladi”.
Fransiyalik usta, kinoshunos Jan Radvanyi (Jean Radvanyi) so’zlariga ko’ra, markaziy osiyolik rejissyor, operator va ssenariychilar hayotida Moskvadagi VGIK kurslari burilish yasadi. Butunittifoq kinematografiya instituti qoshidagi xalqaro ustaxonani bugun ham biror narsaga qiyoslash qiyin, deydi u:
“1970-yillarda sovet kino ustalari Qozog’istonda yozuvchi O’ljas Sulaymon (mamlakat film ustalari kengashi prezidenti bo’lib ishlagan) bilan uchrashib, yoshlarni Moskvadagi VGIK kurslariga taklif qilishga qaror qilgan. O’shanda, 1970-yillar oxiri, 1980-yillar boshida VGIK juda ajoyib bir joy edi. Kavkaz, Boltiq davlatlari, Markaziy Osiyodan yosh kadrlarni bir joyga to’plagan makon edi”.
Ekspert Maykl Rouland G’arb ahli nima uchun regionga hamisha ruslar nuqtai nazaridan yondashadi, deya so’raydi:
“Markaziy Osiyo kinematografi ham shu. Biz, G’arb olimlari shu yo’ldan borib, urushdan keyingi davr ahamiyatini, VKIGning rolini eslatishdan charchamaymiz. Haqiqatan, sovet kino ustalari Dushanbe, Almati, Toshkent, Samarqandda o’rnashib ijod qildi. Ammo buning asoratlariga ham qarashimiz kerak. Eng yetuk kinorejissyorlar panada qolib ketdi. Turkmanistonlik Xo’jaquli Narliyev 1950-yillarni tasvirlar ekan, liq to’la poyezdlarda rejissyorlar Moskvaga, VGIKka yo’l olayotganini eslaydi. Albatta, sovetlar talantlarni birlashtirib, yangicha kinematografni yaratgani rost, lekin hamma Moskvaga bog’lanib qolgani ham haqiqat edi”.
Fransiyalik Jan Radvanyi nazarida gap aynan xalqaro talantlar birlashuvida. Har xil mamlakatdan kelgan iste’dod egalari Rossiyadagi bir ustaxonada ishlab ijod qilgan. Qozog’istonlik Rashid Nugmanov, Serik Aprimov, Darejan Omirbayev, Baxit Kilibayev, o’zbekistonlik Shuhrat Abbosov, Ali Hamroyev, Turkmanistondan Xo’jaquli Narliyevlar o’sha maktab namoyandalari:
“O’sha davr namoyandasi, qozog’istonlik Rashid Nugmanovning “Igna” (“Igla”) filmi Sovet ittifoqi bo’ylab shuhrat qozonganini eslang. Taniqli qo’shiqchi Viktor Soy suratga tushgan edi. Lekin bu yangi to’lqin ijoddan to’xtagach, nima bo’lishini hozir aytish qiyin. Chunki VGIK ning o’sha holatdagi xalqaro kurslari bugun yo’q. Esimda, Almatida film maktabini ochishgan edi. Ammo boshqa davlatlar vakillari bilan qorishmay turib, faqat bir davlatdan, bir millatdan kuchli rejissyorlarni tarbiyalash mumkinmi? Gruziya kinosining fojeasi ham shunda edi. Tbilisida bitta maktab ochib, o’zlarini cheklab qo’yishdi”.
Bugun manzara qanaqa? Piter Rollberg Qozog’iston kinematografini ikkiga ajratadi: keng tomoshabinga atalgan kinolar, xususan, afsonaviy, tarixiy kartinalar (“Mongol” filmi bunga misol) va mustaqil filmlar”.
O’zbekiston kino ustalari, asosan, daromadbop filmlarga yuzlandi. Maykl Rouland Ali Hamroyevni misol qiladi:
“Hamroyevning “Yettinchi o’q”, “Inson qushlar ortidan boradi”, “Dilorom” kabi filmlari e’tiborli. Darvoqe, AQSh Kongressi kutubxonasida “Yettinchi o’q”ning ingliz tiliga dublyaj qilingan varianti bor. 1990-yillardan e’tiboran rejissyor tijoriy filmlarga o’tib oldi. O’zi mustaqillikdan keyin o’zbek kinosini kuzatish qiziq. Mamlakatda Bollivud uslubi qo’llana boshladi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng muvaffaqiyatlisidir. Siyosiy, mafkuraviy, san’at jihatdan uncha chuqur, mazmunli bo’lmasa-da, keng omma uchun tinimsiz mahsulot yetkazishda haqiqatan oshig’i olchi. O’zbek musiqasi, kuy-qo’shiq industriyasi juda muvaffaqiyatli bugun va kliplarni yaratayotgan kadrlar aslida filmlarni ham ishlab chiqarayapti”.
Piter Rollberg deydiki, Qirg’iziston kinematografida hujjatli filmlar roli beqiyos. 1960-yillarda Shakiyev va Shamshiyevlar 10-minutlik nihoyatda kuchli hujjatli filmlarni suratga olgan, G’arbiy Yevropada ular nufuzli mukoforlarga loyiq topilgan edi.
“Ana shundan keyin badiiy filmlar ekran yuzini ko’ra boshladi. Qozog’istonda esa kino olami teatr bilan uzviy bog’liq. Asosiy urg’u kamera va texnologiyada emas, aktyorlarga, ssenariyga berilar edi”.
Markaziy Osiyodan chiqqan kino ustasi Yevropa yoki Amerikada muvaffaqiyat qozonishi mumkinmi? Piter Rollberg:
“O’z ijodini G’arbda davom ettirishga harakat qilgan rejissyorlar shu paytgacha muvaffaqiyat qozongani yo’q. Gruziyalik Gela Babluanini qarang. Ota-bobosi kino sohasida ishlagan bu ekspert Yevropada tijoriy filmlar yarata olmadi. Bu ustalarning aksariyati imkon tug’ilgan zahoti vataniga qaytadi. Timur Bikmambetovdan boshqa kim nom qozondi? Birorta odamni misol qila olmayman”.
Biroq olimning aytishicha, Rossiyaga borib ishlash bu mintaqa mutaxassislari uchun kengroq imkoniyatlarni ochib beradi. Rossiya kino va televideniyesi nihoyatda kuchli va bugun yaratilayotgan boy mahsulotning mualliflari sobiq sovet davlatlaridan chiqqan. Pul, maqom, muvaffaqiyatga erishsa bo’ladi, deydi u.
Maykl Rouland esa bugun ko’pchilik kinofilmlar xalqaro hamkorlik mahsuli ekanini unutmaylik, deydi:
“1990-yillar o’rtalari va 2000-yillar boshlaridan e’tiboran chiqan filmlarni o’rganib chiqsangiz, har xil mamlakatlar hissa qo’shgan. 10 ta davlat mablag’ kiritgan kinomahsulotlar bor bugun qozoq, qirg’iz film olamida”, - deydi u.
Olimlar tijoriy va mustaqil kinomahsulot uzviy bog’liq ekanini eslatadi. O’zbekistonda daromadbop filmlar muvaffaqiyat qozonayapti. Shunday ekan, tijoriy kartinalardan tushgan pulning 5-10 foizini mustaqil filmlarni qo’llab-quvvatlashga sarflash mumkin.
AQShda ham, masalan, intellektual kinokartinalarga oson emas. Hamma davlatda shunday.
“Shu sababli ham mustaqil ustalarni qo’llab-quvvatlovchi “Sundance” kabi festivallar kerak”, - deydi Piter Rollberg, Jorj Vashington Universiteti professori.

Your browser doesn’t support HTML5