Xitoy Shinjon va Tibetda Yaqin Sharq ssenariysi takrorlanmaydi demoqda

  • Amerika Ovozi

Xitoy Shinjon va Tibetda Yaqin Sharq ssenariysi takrorlanmaydi demoqda

Shinjon-uyg'ur muxtoriyati rahbari Nur Bekrining aytishicha, buning uchun separatizmga qarshi keskin kurash olib boriladi.

Xitoy poytaxti Pekinda qonunchilik organining yillik sessiyasi o'tmoqda. Bu mamlakat rasmiylari Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi kabi g'alayonlar Xitoyda ro'y bermasligiga ishora qilmoqda. Etnik ozchilikdagi guruhlar yashovchi Shinjon va Tibetda ijtimoiy barqarorlik saqlanadi, deya umid qilishmoqda.

Shinjon-uyg'ur muxtoriyati rahbari Nur Bekrining aytishicha, buning uchun separatizmga qarshi keskin kurash olib boriladi.

"Mintaqa barqaror, ahvol yaxshilanmoqda, deydi u. Biroq vaziyat qaltisligi sabab tinchlikni saqlash oson emas", - deydi Shinjon rahbari.

2009-yil Urumchida ommaviy namoyishlar bo'lib, rasmiy manbalarga ko'ra 200 kishi o'lgan edi.

Shinjon Kommunistik partiyasi kotibi Jan Chunshyanning aytishicha, mintaqa barqarorligi negizida asosan iqtisodiy omillar yotibdi.

"Yaqin Sharqdagi voqealardan to'g'ri xulosa chiqarishga harakat qilamiz", - deydi Xitoy rasmiysi.