Qo’shma Shtatlar Xitoyni Shinjon uyg’ur-muxtoriyatida 21 odamni hayotdan olib ketgan zo’ravonlikni izchil va ochiq tergov qilishga chaqirmoqda. Pekin seshanba kungi zo’ravonlikni “terror xuruji” deb atagan.
Davlat departamenti matbuot kotibi Patrik Ventrell Qo’shma Shtatlar bo’lib o’tgan voqeadan xavotirda, deydi.
“Xitoy hukumatini Shinjonda ziddiyatni bartaraf etib, barqarorlikni ta’minlashga chaqiramiz”, - deydi Davlat departamenti so’zlovchisi.
Rasmiylar talqiniga ko’ra, Qashqarda uyma-uy yurib tekshiruv o’tkazgan mahalliy faollar bir xonadonda shubhali shaxslarga duch kelgan, ularning yonidan uzun xanjarlar, pichoqlar chiqqan. O’rtada janjal boshlanib, qonli tus olgan.
Natijada 15 ma’mur va politsiyachi o’lgani, shubhali shaxslardan olti nafari jon bergani aytilmoqda. Yana sakkiz kishi qamoqda. Mahalliy mulozimlarning “Amerika Ovozi”ga bayon qilishicha, bu oldindan rejalangan terror amaliyoti edi.
Rasmiy Pekin izohicha, guruh undanda keng ko’lamli hujum rejalayotgan bo’lgan va ektremist diniy faoliyat bilan shug’ullangan. Xitoy hukumati Shinjon aholisiga nisbatan keng qo’llaydigan ayblov bu.
Surgundagi uyg’ur faollari Pekinning sharhini rad etadi. Jahon Uyg’urlari Kongressi so’zlovchisi Olim Seytoff voqeani shunday tasvirlaydi:
"Qashqarning Maral-Bashi shahrida politsiya bir uyg'urning uyiga bostirib kirib, bir yosh uyg'urni otib o'ldirgan. Natijada bu xonadonda o'tirgan boshqa uyg'urlar va politsiya to'nqashib, birmuncha odam o'lishiga sabab bo'lgan. Xitoy bu uyg'urlarni terrorchi deb atab, ularni o'ldirgan xitoylarni qahramon deb keng ko'lamli tashviqot qilmoqda".
Pekinda ishlayotgan olim Jeyms Lebold fikricha, bu kabi vaziyatda haqiqatni aniqlash qiyin. Hukumatning izohini ehtiyotkorlik bilan ko’rib chiqish zarur, deydi u.
“Xitoy rahbariyati darhol aybni birovga to’nkaydi. Rasmiylar Shinjon haqida gap ketganda, ko’pincha, terrorizm, jihod, islomiy ekstremizm kabi iboralarni qo’llashga o’tadi”, - deydi Lebold.
“Shinjon jamiyati nihoyatda tez o’zgarib borayapti. Xitoylarning ko’chib kelishi, erkin e’tiqod qilish imkoni yo’qligi ijtimoiy, madaniy va diniy tarkibni o’zgartirib yuborgan. Bunday vaziyatda ekstremistik kayfiyat borligini ham tan olish kerak”, - deydi olim.
Uningcha, ham hukumat, ham uyg’ur faollarining sharhiga xolislik bilan yondashish lozim.
Jahon Uyg’urlari Kongressi matbuot kotibi Olim Seytoff:
"Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonda bo'lgan har qanday ishni, agar uyg'urlar aralashgan bo'lsa, hukumat uni terror faoliyati deb ataydi. Lekin mamlakatning boshqa yerlarida o'zining xitoylari xitoy soqchilari bilan to'qnashib odam o'ldirsa, hatto bombalar portlatsa, Pekin ularni hech qachon terrorchi demaydi. Xitoy rahbariyatining maqsadi uyg'urlarni terrorchi deb tamg'alab, ularni bostirib, Sharqiy Turkistonni nazorat qilib, mintaqaning neft, gazini kontrol qilib, mustamlaka holatida ushlab turish".
Shinjonda yashovchi uyg’urlar iqtisodiy va madaniy jihatdan bosim ostida ekanini aytib keladi. Vashington bunday kamsitish siyosatidan tashvishda, deydi Davlat departamenti so’zlovchisi Patrik Ventrell. Xitoy nazarida esa Qo’shma Shtatlar Pekinga qarshi ayblovlarni bas qilishi, aksincha, zo’ravonlikni qoralashi kerak.
Inson huquqlari bo’yicha “Human Rights Watch” tashkiloti Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri Ketrin Eshtonni shu hafta Pekinga safari paytida huquq masalasini ko’tarishga undadi.
Xitoyda inson huquqlari bilan bog’liq ahvol og’irlashib borayotganiga ko’z yumib bo’lmaydi, deyiladi Nyu-Yorkda asoslangan tashkilot murojaatida. Eshton bu muammoga jamoatchilik e’tiborini qaratishi shart, deyiladi unda. Yevropa Ittifoqi mulozimi bugun va ertaga Xitoyda bo’ladi.

Your browser doesn’t support HTML5