AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton G'arb sanksiyalarini bekor qilish evaziga Eron atom dasturiga doir G'arb tashvishlariga barham berish haqidagi Tehron taklifini rad etmoqda.
Braziliyaga safar qilgan Klintonning aytishicha, may oyida Iroqda Eron yadro dasturiga doir yangi muzokaralardan oldin rasmiy Tehron niyati jiddiy ekanini isbotlashi lozim.
"Sanksiyalar Eronga bosim sifatida o'z joyida qoladi va xalqaro hamjamiyat uning qadamiga qarab ish tutadi", - deydi Klinton.
Eron Tashqi ishlar vaziri Ali Akbar Solihiyning aytishicha, uranni boyitish huquqidan voz kechilmaydi, ammo uning darajasi yuzasidan Tehron muzokaraga tayyor.
G'arb nazarida Eron uranni yuqori darajada boyitib, undan yadro quroli tayyorlashda foydalanmoqchi. Eron bu da'volarni inkor etadi.
Solihiy deydiki, tomonlar Bag'dodda bo'ladigan muloqotda biror narsaga erishmoqchi bo'lsa, sanksiyalarni yumshatishni boshlashi kerak.
Yevropa Ittifoqi prezidenti Daniya tashqi ishlar vaziriga ko'ra, sanksiyalarni yumshatish haqida gapirishga hali erta.