Istanbulda Eron va olti davlat ishtirokida kechayotgan muzokaralarning birinchi qismi “konstruktiv” ruhda kechdi, deydi Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Ashtonning matbuot kotibi Maykl Mann.
G’arb diplomatlari nazarida Tehron rasmiylari murosa yo’lini izlayotgan ko’rinadi va yadroviy dasturi yuzasidan xavotirlarni pasaytirishga urinmoqda.
Islomiy respublika atom loyiha faqat tinch maqsadlarni ko’zlaydi deb keladi. Lekin BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari orasida bunga ishonch past.Rossiya va Xitoy pozitsiyasi sal boshqacha, ammo so’nggi paytda ular ham Amerika va Yevropa davlatlari bilan bir fikrga kelgan, ya’ni Eron o’z maqsadlari ezgu ekanini isbotlab berishi, zimdan atom quroli ustida ishlamayotganini namoyon etishi zarur.
Eronga bosim oshib borar ekan, Tehron muzokara va murosa tarafdori ekanini qayd etmoqda. Istanbuldagi uchrashuvlar bunga yaqqol misol, deydi diplomatlar.