Adliya vazirligi hamda Oq uy mahalliy terrorchi va ekstremistlarni aniqlab, ularning xurujlarni amalga oshirishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida maxsus dastur ishlab chiqdi. Yangi choralar AQShning bir qator shaharlarida jamoatchilik vakillari, mahalliy rasmiylar, diniy yetakchilar hamda federal huquq-tartibot organlari hamkorligiga amalga oshiriladi, deya xabar beradi AQSh Adliya vaziri Erik Xolder.
Xolderning aytishicha, Iroq va Suryada "Islomiy davlat" jangarilarining kuchayishi, ularning bir necha amerikalikni qatl etgani, qolaversa, guruh safida ko'plab amerikaliklarning jang qilayotgani AQSh xalqiga nisbatan tahdid ko'lamini oshirgan.
Xavfsizlikni oshirishga qaratilgan yangi dastur AQSh Adliya vazirligi, Oq uy, Ichki xavfsizlik vazirligi hamda Milliy terrorizmga qarshi kurash markazi hamkorligida ishlab chiqilgan.
Joriy yangilik oktabr oyida Oq uy mezbonligida o'tadigan Zo'ravon ekstremizmga qarshi kurash sammiti arafasida e'lon qilinmoqda.